Get Mystery Box with random crypto!

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 27-moddasiga asosan, “Shaxs | JURISPRUDENCE

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 27-moddasiga asosan, “Shaxsni ushlash chogʻida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turish asoslari tushuntirilishi shart”.
Gollivud filmlarida koʻp koʻrganmiz, biror jinoyatchini ushlashsa, uning nega hibsga olingani va qanaqa huquqlarga egaligi tushuntiriladi. Kamida “Siz sukut saqlash huquqiga egasiz, har bir aytgan soʻzingiz sudda sizga qarshi ishlatilishi mumkin”, degan ibora yodimizda qolgan.
Aynan protsessual ushlash vaqtida inson ogʻir ruhiy holatga tushadi va huquqiy yordamga ayniqsa muhtojdir, chunki u bunday murakkab vaziyatda jinoyatda aybdor yoki aybsizligini isbotlash majburiyati unga emas, aksincha, toʻliq tergov organlariga yuklatilganligini anglay olmaydi. Xalqimiz koʻp bora tergov organlari tomonidan kimdir qoʻlga olinganida, u nima uchun ushlanganini aytilmasligidan shikoyat qiladi.
Natijada, fuqarolarning huquqlari qoʻlga olingan vaqtning oʻzidayoq xavf ostida qoladi. Ming afsuski, fuqarolar oʻz huquqlarini yaxshi bilmagani va hech kim ularga buni aniq va batafsil tushuntirmagani uchun tergov jarayonida qonunga zid holatlar kuzatiladi. Ushbu salbiy holatlarning oldini olish maqsadida rivojlangan davlatlarning Konstitutsiya va qonunlarida aks etgan “Miranda qoidasi” Oʻzbekiston Asosiy qonuniga kiritilmoqda. Yaʼni, shaxsni ushlash chogʻida uning huquqlari va nima sababdan ushlangani sodda tilda tushuntirilishi shart.
“Miranda qoidasi”ga binoan ushlangan shaxs sukut saqlash, soʻroq jarayonida advokati ishtirokini talab qilish va boshqa huquqlarga egaligisodda tilda shaxsga ilk soniyalardayoq tushuntiriladi. Yaʼni, Konstitutsiyada jinoiy taʼqibga olingan shaxslarni davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning oʻzboshimchaligidan himoyalashning deyarli barcha usullari aks etmoqda.