Get Mystery Box with random crypto!

Azizjon Kamilov medallar hal bo‘ladigan tatamida dzyudochilari | Judo Uz

Azizjon Kamilov medallar hal bo‘ladigan tatamida dzyudochilarimiz bilan suhbatlashdi

Ertaga poytaxtimizdagi "Humo Arena" saroyida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 35-jahon chempionati boshlanadi.

Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov "Humo Arena"da yurtimiz sharafini himoya qiluvchi dzyudochilarimiz hamda ularning murabbiylari bilan uchrashdi. Ushbu suhbatning aynan bellashuvlar o‘tadigan tatamida o‘tkazilgani ahamiyatga molik holat.

Azizjon Yakubjanovich musobaqaning ahamiyati, yangi O‘zbekistonning tarixiy g‘alabalarini qo‘lga kiritish va shu orqali yurtdoshlarimizni xushnud etish asosiy maqsadimiz bo‘lishi kerakligi urg‘uladi. Buning uchun davlatimiz rahbari tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilgani, bundan esa maksimal darajada foydalanishimiz lozimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram