Get Mystery Box with random crypto!

SOQQACHI BOLLA

Telegram kanalining logotibi jek_jiddiy — SOQQACHI BOLLA S
Telegram kanalining logotibi jek_jiddiy — SOQQACHI BOLLA
Kanal manzili: @jek_jiddiy
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 15.29K
Kanalning ta’rifi

Ketmon tegmagan "Udar" gaplar😂 Kuzatuvlar, IMHO, Yumor😎

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 129

2022-09-04 04:37:58 Odam bo'lgin!

Sevaman deyisham oson. Shunchalik egoistligingdan sevgingni ham oʻzinga moslashtirib olgansan. Uni kulganida sevasan. Yaqin boʻlganingda sevasan. Uzundan-uzoq suhbat qurganingda sevasan. Lekin, oʻzing xushlamaydigan holatlarda uni sevmay turasan. Uni tez arazlashi, yigʻlashi, nolishi yoqmaydi. Oʻsha vaziyatlarda sen uni sevmaysan. U vaziyatlarda u qulay boʻlmaydi seni sevishing uchun.


Aslida sen uni emas, undan yasab olgan, qulaygina obrazchangni sevasan. Raz sevishmi, sev ana uni barcha sen oʻylaydigan "minuslari" bilan ham. Baqirganda sev, burnini uzun tortganidayam sev. Bir butunligicha sev.


Qoʻlingdan keladimi? Qoʻlingdan kelmasa, demak sen uni sevmaysan. Sen birinchi navbatda oʻzingni sevasan.

#Jek
@Jek_Jiddiy
2.6K viewsedited  01:37
Ochish/sharhlash
2022-09-03 22:44:46 Farzandlaringga hali tug'ilmasidan qilsa bo'ladigan yaxshilik — farosatli va aqlli inson bilan turmush qurish!

#Jek
@Jek_Jiddiy
3.6K views19:44
Ochish/sharhlash
2022-09-03 22:42:47 Poyezdda ketyapman, yonimda bir qiz ham bor, u menga qarab jilmayib qo'ydi. Sekin yoniga borib nomerini so'ragim keladiyu, hayajonlanganidan o'zini poyezddan tashlab yuborishidan qo'rqayapmanda)

#Jek
@Jek_Jiddiy
3.5K views19:42
Ochish/sharhlash
2022-09-03 21:58:48 Biz nega rivojlanmaymiz?

"Biz nega rivojlanmaymiz?", - deysizmi. Chunki biz qo‘limizdagi axlatni eplab axlat uchun mo‘ljallangan idishlarga tashlolmaydigan xalqmiz.

"Biz nega rivojlanmaymiz?", - deysizmi. Chunki biz jamoat joyida bor ovozimiz bilan baqirib gaplashadigan darajada befarosat xalqmiz.

"Biz nega rivojlanmaymiz?", - deysizmi. Chunki biz qoidabuzarliklar haqida ogohlantirganlarni “козёл” deydigan darajada omi xalqmiz.

"Biz nega rivojlanmaymiz?", - deysizmi. Chunki biz hammadan oxiri kelib hammadan birinchi bitirib ketishga harakat qiladigan, oddiy navbatda turish odobini bilmaydigan darajada qoloq xalqmiz.

"Biz nega rivojlanmaymiz?", - deysizmi. Biz dunyodagi eng aqlli odam menman, qolgan hamma ahmoq deb o‘ylaydigan xalqmiz.

"Biz nega rivojlanmaymiz?", - deysizmi. Maʼnaviyat haqida soatlab maʼruzalar o‘qiydigan, ammo aslida uni qanday bo‘lishini ham bilmaydigan xalqmiz.

"Biz nega rivojlanmaymiz?", - deysizmi. Chunki yuqoridagi kabi gaplarni yana 100 lab keltirish mumkin.

Eplab dezodorant sepib yurolmaydigan xalqdan rivojlanish kutasizmi?

Yana biz nega rivojlanmaymiz deysizlar-a?

#Jek
@Jek_Jiddiy
593 views18:58
Ochish/sharhlash
2022-09-03 07:01:21 Men sen bilan baxtli bo’lishni tanladim. Birga bo’ladigan barcha soniyalarmizda, birga yuradigan barcha yo’llarimizda… Hech narsani bilmayman: ertaga biz kimga aylanamiz, nimani xohlaymiz, nimani tanlaymiz… Hech birini. O’tmishni ham bilmayman: nima sabab bilan bo’ldi hammasi yoki nima maqsadda… Men biladigan hozirgi yagona narsa – hozirgi Sen.
Seni yaxshi ko’raman. Xavotirlarim, umidsizliklarim, tashlab ketolmayotgan bolaligim ham seni yaxshi ko’radi.

#Jek
@Jek_Jiddiy
7.0K views04:01
Ochish/sharhlash
2022-09-03 05:23:17 Tez haydaydigan haydovchilar uchun eslatma:
- Unutma, seni uyda oilang kutmoqda. (Ayoling, farzandlaring va yana qanaqadir erkak)

#Jek
@Jek_Jiddiy
7.0K views02:23
Ochish/sharhlash
2022-09-03 05:22:07 Bugun naushnikimni unutib uyda qoldiribman. Boshida g‘alati bo‘ldi.
Ha mayli, asosiysi playlistim avtobusdagi hammaga yoqdi)

#Jek
@Jek_Jiddiy
6.8K views02:22
Ochish/sharhlash
2022-09-02 15:53:31
Meni kutgil...

#Jek
@Jek_Jiddiy
7.6K views12:53
Ochish/sharhlash
2022-09-02 12:13:10

@AkaJek_bot
1.5K viewsedited  09:13
Ochish/sharhlash
2022-09-01 20:22:03 Abdulla Avloniyning “Kim nimani yaxshi ko‘rar?” maqolasining bugungi kundagi talqini

Bizning xalqimiz nimani yaxshi ko‘radi? 
- Otalarimiz o‘g‘illarini o‘qitish o‘rniga ularni Rossiyada yaxshi pul topishini yaxshi ko‘radilar.

- Onalarimiz qizlariga tarbiya berish o‘rniga ularni yonlariga olib, g‘iybatni HD formatda aytishni yaxshi ko‘radilar. 

- O‘qituvchilarimiz dars o‘tish o‘rniga, tinmay konspekt yozishni, qog‘oz to‘ldirishni yaxshi ko‘radilar.

- Talabalarimiz har oylik stipendiyani  qanchalar orziqib kutib, uni shunchalar tez sarflashni yaxshi ko‘radilar.

- Plastigida puli bor odamlarimiz “plastikdagi pul emas” qabilida uni tezroq yo‘qotishni yaxshi ko‘radilar.

- Kirakashlarimiz gazda yurishsa ham, “benzin narxi  oshdi-kuu” deb yo‘lkira narxini oshirishni yaxshi ko‘radilar.

- Qassoblarimiz “to‘rt oyoqli bo‘lsa, bo‘ldi-da” deya mol o‘rniga eshakni so‘yib sotishni yaxshi ko‘radilar.

- Savdogarlarimiz bayram kunlari narxlarni ko‘tarib, “bayram-ku,oladi-da” qabilida sotishni yaxshi ko‘radilar.

- Savodxonlarimiz faqat bitta muammoga yopishvolib, imlo masalasida tortishaverishni yaxshi ko‘radilar.

- Qizlarimiz “qiyshiq oyoqlar”, “ari chaqqan lablar” shaklidagi suratlarini internetlarga joylashtirishni yaxshi ko‘radilar. 

- Yigitlarimiz 10 ta qiz bilan yurib, uylanish payti kelganda “U qiz yurgan,bu qiz internetda bor ekan” deya mo‘min-qobil bo‘lib olishni yaxshi ko‘radilar.

- Futbolchilarimiz, sportchilarimiz yoshlarini kichiklashtirib, o‘zlaridan kichiklar ichida g‘olib bo‘lishni yaxshi ko‘radilar.

- Prodyuserlarimiz film olsa, ham rejissor, ham bosh qahramon rolida bo‘lishni yaxshi ko‘radilar.

- Kinochilarimiz hayotda uchrashi qiyin bo‘lgan vaziyatlarni kino qilishni yaxshi ko‘radilar.

- Sevishganlarimiz mana shu filmlarga tushib,film ko‘rmaslikni yaxshi ko‘radilar.

- Qo‘shiqchilarimiz og‘izlarini qimirlatib, kliplarni “kino” qilib yuborishni yaxshi ko‘radilar.

- Sotuvchilarimiz “prodaja”, “skidka”, “faqat bugun” deb, aslida o‘zini narxiga sotishni yaxshi ko‘radilar.

- Xaridorlarimiz Namanganda tikilgan kiyimlarni “Made in Turkey” deb yozib qo‘ygan bo‘lsa, millionlarga olishni yaxshi ko‘radilar.

- Supermarketlarimiz “9990 so‘m” deb ishonarli narxdek yozib qo‘yishni yaxshi ko‘radilar. 

- Sovchilarimiz o‘g‘il-qizlaridagi illatlarni fazilatlarga aylantirib, maqtashni yaxshi ko‘radilar.

- Burgerchilarimiz qavatli “Fast-food”larni tarakanlar bilan hamkorlikda tayyorlashni yaxshi ko‘radilar.

- YPX xodimlarimiz daraxtlar,archalar orqasida berkinmachoq o‘ynashni yaxshi ko‘radilar.

- Bolalarimiz mahalladagi tengqurlari bilan xalq o‘yinlari o‘ynash o‘rniga telefondagi mushukchani ovqatlantirishni yaxshi ko‘radilar.

- Dallollarimiz qisir sigirlarni “bahorda tug‘adigan” deb ustiga qo‘shib, pullab sotishni yaxshi ko‘radilar.

- Erkaklarimiz og‘aynilari haqida “G‘iybatmas-u,lekin..”deb dardlarini aytishni yaxshi ko‘radilar.

- Ayollarimiz diniy marosimlarga borganda ham mahalladagi qo‘shnilarni, kelinlarni “maqtash”ni yaxshi ko‘radilar.

- Shifokorlarimiz poliklinikalarni “pulliklinikalar”ga aylantirishni yaxshi ko‘radilar.

- Internet saytlarimiz ma’rifatga undab-undab, reklamalar o‘rnida uyatsiz “ssilka”larni qo‘yishni yaxshi ko‘radilar.

- Zulfiyachilarimiz o‘zlarini majburlab she’rlar ketidan she’rlar yozib, TVlarda sun’iy gapirishni,sun’iy kulishni yaxshi ko‘radilar.

- Abituriyentlarimiz vaqtlarini o‘qituvchilar, universitetlar, ballarni solishtirish bilan o‘tkazib yuborishni yaxshi ko‘radilar.

- Transport haydovchilarimiz 100-200 so‘m “qaytim”ni bermaslikni, lekin 200 so‘m kam bersangiz, qiyomat qilishni yaxshi ko‘radilar. 

- Muharrirlarimiz pulini berganlarga maqolalar chiqarib berishni yaxshi ko‘radilar.

- Gazeta-jurnallarimiz hiyonat, ur-sur, sun’iy madhlar haqida ko‘proq yozishni yaxshi ko‘radilar.

- Tabiblarimiz hamma kasallikka bir xil dori berishni yaxshi ko‘radilar.

- Sartaroshlarimiz “Avval sochingizni kim olgandi?” deb oldingi sartaroshlar ishini yomonlashni yaxshi ko‘radilar.

- Ammo men hozirgi zamonda portalga yozmasdan, Jekda yozib turishni yaxshi ko‘raman)


#Jek
@Jek_Jiddiy
5.3K viewsedited  17:22
Ochish/sharhlash