Get Mystery Box with random crypto!

Abdulla Avloniyning “Kim nimani yaxshi ko‘rar?” maqolasining b | SOQQACHI BOLLA

Abdulla Avloniyning “Kim nimani yaxshi ko‘rar?” maqolasining bugungi kundagi talqini

Bizning xalqimiz nimani yaxshi ko‘radi? 
- Otalarimiz o‘g‘illarini o‘qitish o‘rniga ularni Rossiyada yaxshi pul topishini yaxshi ko‘radilar.

- Onalarimiz qizlariga tarbiya berish o‘rniga ularni yonlariga olib, g‘iybatni HD formatda aytishni yaxshi ko‘radilar. 

- O‘qituvchilarimiz dars o‘tish o‘rniga, tinmay konspekt yozishni, qog‘oz to‘ldirishni yaxshi ko‘radilar.

- Talabalarimiz har oylik stipendiyani  qanchalar orziqib kutib, uni shunchalar tez sarflashni yaxshi ko‘radilar.

- Plastigida puli bor odamlarimiz “plastikdagi pul emas” qabilida uni tezroq yo‘qotishni yaxshi ko‘radilar.

- Kirakashlarimiz gazda yurishsa ham, “benzin narxi  oshdi-kuu” deb yo‘lkira narxini oshirishni yaxshi ko‘radilar.

- Qassoblarimiz “to‘rt oyoqli bo‘lsa, bo‘ldi-da” deya mol o‘rniga eshakni so‘yib sotishni yaxshi ko‘radilar.

- Savdogarlarimiz bayram kunlari narxlarni ko‘tarib, “bayram-ku,oladi-da” qabilida sotishni yaxshi ko‘radilar.

- Savodxonlarimiz faqat bitta muammoga yopishvolib, imlo masalasida tortishaverishni yaxshi ko‘radilar.

- Qizlarimiz “qiyshiq oyoqlar”, “ari chaqqan lablar” shaklidagi suratlarini internetlarga joylashtirishni yaxshi ko‘radilar. 

- Yigitlarimiz 10 ta qiz bilan yurib, uylanish payti kelganda “U qiz yurgan,bu qiz internetda bor ekan” deya mo‘min-qobil bo‘lib olishni yaxshi ko‘radilar.

- Futbolchilarimiz, sportchilarimiz yoshlarini kichiklashtirib, o‘zlaridan kichiklar ichida g‘olib bo‘lishni yaxshi ko‘radilar.

- Prodyuserlarimiz film olsa, ham rejissor, ham bosh qahramon rolida bo‘lishni yaxshi ko‘radilar.

- Kinochilarimiz hayotda uchrashi qiyin bo‘lgan vaziyatlarni kino qilishni yaxshi ko‘radilar.

- Sevishganlarimiz mana shu filmlarga tushib,film ko‘rmaslikni yaxshi ko‘radilar.

- Qo‘shiqchilarimiz og‘izlarini qimirlatib, kliplarni “kino” qilib yuborishni yaxshi ko‘radilar.

- Sotuvchilarimiz “prodaja”, “skidka”, “faqat bugun” deb, aslida o‘zini narxiga sotishni yaxshi ko‘radilar.

- Xaridorlarimiz Namanganda tikilgan kiyimlarni “Made in Turkey” deb yozib qo‘ygan bo‘lsa, millionlarga olishni yaxshi ko‘radilar.

- Supermarketlarimiz “9990 so‘m” deb ishonarli narxdek yozib qo‘yishni yaxshi ko‘radilar. 

- Sovchilarimiz o‘g‘il-qizlaridagi illatlarni fazilatlarga aylantirib, maqtashni yaxshi ko‘radilar.

- Burgerchilarimiz qavatli “Fast-food”larni tarakanlar bilan hamkorlikda tayyorlashni yaxshi ko‘radilar.

- YPX xodimlarimiz daraxtlar,archalar orqasida berkinmachoq o‘ynashni yaxshi ko‘radilar.

- Bolalarimiz mahalladagi tengqurlari bilan xalq o‘yinlari o‘ynash o‘rniga telefondagi mushukchani ovqatlantirishni yaxshi ko‘radilar.

- Dallollarimiz qisir sigirlarni “bahorda tug‘adigan” deb ustiga qo‘shib, pullab sotishni yaxshi ko‘radilar.

- Erkaklarimiz og‘aynilari haqida “G‘iybatmas-u,lekin..”deb dardlarini aytishni yaxshi ko‘radilar.

- Ayollarimiz diniy marosimlarga borganda ham mahalladagi qo‘shnilarni, kelinlarni “maqtash”ni yaxshi ko‘radilar.

- Shifokorlarimiz poliklinikalarni “pulliklinikalar”ga aylantirishni yaxshi ko‘radilar.

- Internet saytlarimiz ma’rifatga undab-undab, reklamalar o‘rnida uyatsiz “ssilka”larni qo‘yishni yaxshi ko‘radilar.

- Zulfiyachilarimiz o‘zlarini majburlab she’rlar ketidan she’rlar yozib, TVlarda sun’iy gapirishni,sun’iy kulishni yaxshi ko‘radilar.

- Abituriyentlarimiz vaqtlarini o‘qituvchilar, universitetlar, ballarni solishtirish bilan o‘tkazib yuborishni yaxshi ko‘radilar.

- Transport haydovchilarimiz 100-200 so‘m “qaytim”ni bermaslikni, lekin 200 so‘m kam bersangiz, qiyomat qilishni yaxshi ko‘radilar. 

- Muharrirlarimiz pulini berganlarga maqolalar chiqarib berishni yaxshi ko‘radilar.

- Gazeta-jurnallarimiz hiyonat, ur-sur, sun’iy madhlar haqida ko‘proq yozishni yaxshi ko‘radilar.

- Tabiblarimiz hamma kasallikka bir xil dori berishni yaxshi ko‘radilar.

- Sartaroshlarimiz “Avval sochingizni kim olgandi?” deb oldingi sartaroshlar ishini yomonlashni yaxshi ko‘radilar.

- Ammo men hozirgi zamonda portalga yozmasdan, Jekda yozib turishni yaxshi ko‘raman)


#Jek
@Jek_Jiddiy