Get Mystery Box with random crypto!

Biz nega rivojlanmaymiz? 'Biz nega rivojlanmaymiz?', - deysiz | SOQQACHI BOLLA

Biz nega rivojlanmaymiz?

"Biz nega rivojlanmaymiz?", - deysizmi. Chunki biz qo‘limizdagi axlatni eplab axlat uchun mo‘ljallangan idishlarga tashlolmaydigan xalqmiz.

"Biz nega rivojlanmaymiz?", - deysizmi. Chunki biz jamoat joyida bor ovozimiz bilan baqirib gaplashadigan darajada befarosat xalqmiz.

"Biz nega rivojlanmaymiz?", - deysizmi. Chunki biz qoidabuzarliklar haqida ogohlantirganlarni “козёл” deydigan darajada omi xalqmiz.

"Biz nega rivojlanmaymiz?", - deysizmi. Chunki biz hammadan oxiri kelib hammadan birinchi bitirib ketishga harakat qiladigan, oddiy navbatda turish odobini bilmaydigan darajada qoloq xalqmiz.

"Biz nega rivojlanmaymiz?", - deysizmi. Biz dunyodagi eng aqlli odam menman, qolgan hamma ahmoq deb o‘ylaydigan xalqmiz.

"Biz nega rivojlanmaymiz?", - deysizmi. Maʼnaviyat haqida soatlab maʼruzalar o‘qiydigan, ammo aslida uni qanday bo‘lishini ham bilmaydigan xalqmiz.

"Biz nega rivojlanmaymiz?", - deysizmi. Chunki yuqoridagi kabi gaplarni yana 100 lab keltirish mumkin.

Eplab dezodorant sepib yurolmaydigan xalqdan rivojlanish kutasizmi?

Yana biz nega rivojlanmaymiz deysizlar-a?

#Jek
@Jek_Jiddiy