Get Mystery Box with random crypto!

Odam bo'lgin! Sevaman deyisham oson. Shunchalik egoistligingd | SOQQACHI BOLLA

Odam bo'lgin!

Sevaman deyisham oson. Shunchalik egoistligingdan sevgingni ham oʻzinga moslashtirib olgansan. Uni kulganida sevasan. Yaqin boʻlganingda sevasan. Uzundan-uzoq suhbat qurganingda sevasan. Lekin, oʻzing xushlamaydigan holatlarda uni sevmay turasan. Uni tez arazlashi, yigʻlashi, nolishi yoqmaydi. Oʻsha vaziyatlarda sen uni sevmaysan. U vaziyatlarda u qulay boʻlmaydi seni sevishing uchun.


Aslida sen uni emas, undan yasab olgan, qulaygina obrazchangni sevasan. Raz sevishmi, sev ana uni barcha sen oʻylaydigan "minuslari" bilan ham. Baqirganda sev, burnini uzun tortganidayam sev. Bir butunligicha sev.


Qoʻlingdan keladimi? Qoʻlingdan kelmasa, demak sen uni sevmaysan. Sen birinchi navbatda oʻzingni sevasan.

#Jek
@Jek_Jiddiy