Get Mystery Box with random crypto!

SOQQACHI BOLLA

Telegram kanalining logotibi jek_jiddiy — SOQQACHI BOLLA S
Telegram kanalining logotibi jek_jiddiy — SOQQACHI BOLLA
Kanal manzili: @jek_jiddiy
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 15.29K
Kanalning ta’rifi

Ketmon tegmagan "Udar" gaplar😂 Kuzatuvlar, IMHO, Yumor😎

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar

2024-05-03 05:32:43
Mushugim juda uyquchida)

#Jek
@Jek_jiddiy
5.3K viewsedited  02:32
Ochish/sharhlash
2024-05-02 21:01:27 Chekishni tashlayman deb xumorim tutgan paytda kichkina konfet shimib yurgandim. Chekishni tashladim. Endi konfetni tashlash kerak)

#Jek
@Jek_Jiddiy
5.1K views18:01
Ochish/sharhlash
2024-05-02 06:55:03 Ayollar, plastik operatsiyaga necha million sarflashingizdan qat'iy nazar, farzandingiz baribir asl ko'rinishingizga o'xshagan bo'ladi..)

#Jek
@Jek_jiddiy
5.6K views03:55
Ochish/sharhlash
2024-05-01 15:10:14 Hamma oʻzlarini boshqalar tushinishlarini xohlashadi. Lekin hech kim oʻzgani oʻzi turganda tushinishni istamaydi)

#Jek
@Jek_jiddiy
5.6K views12:10
Ochish/sharhlash
2024-05-01 13:17:52 Bosilmagan reaksiyani bosishni gashti boshqacha)

#Jek
@Jek_jiddiy
5.3K views10:17
Ochish/sharhlash
2024-05-01 13:15:19 Siz ham koʻz yosh to'kkanmisiz Jek?
- Albatta! Qirol Artur vafot etganda yum-yum ko'z yosh to'kkanman)


#Jek
@Jek_jiddiy
5.4K views10:15
Ochish/sharhlash
2024-05-01 13:11:57 Qulupnaydan shirin ifor keladi lekin mazasi iforidek shirin boʻlmaydi)

#Jek
@Jek_jiddiy
5.3K views10:11
Ochish/sharhlash
2024-05-01 12:45:26 Irim-sirimlarga ishonadigan sudiya sud zalida:
– Demak, qilgan ayblaringizni bo‘yningizga olmaysiz?!
– Men hech narsa qilmadim!
– Non ursin, deng-chi!

#Jek
@Jek_jiddiy
5.1K views09:45
Ochish/sharhlash
2024-04-30 18:11:59 Kichik narsalarga ham e'tibor ber lekin kichik narsalardan janjal chiqarma.

Maʼnosi: Kichik narsalarga e'tibor berish deganda faqat ijobiy tamon ko'riladi.Masalan: Profiliga g'alati rasm qoʻyganda nima boʻldi deb soʻrash, ertalab sog'ligida muommosi bor insondan vaqti-vaqti bilan yaxshi boʻlib qoldingmi deb soʻrash yoki bitta stikerga ham fikr bildirish.

Kichik narsalardan janjal chiqarmaslik: Bu munosabatda kichik narsalarga koʻz yumish, xatolariga koʻz yumish, ortiqcha dilni og'rituvchi soʻzlardan tiyinishdir. Xalqimizda ham "Pashshadan fil yasama" degan naql bor. Unutmang janjallar unutiladi aytilgan gaplar esa dilda qoladi. Sevgingiz janjallar payti yon berishingizda bilinadi, qoʻllaringizni hech qachon har qanday vaziyatda ham qoʻyib yubormang, sinovli kunlar ham bir imtihondir. Aytish joizki har qanday munosabatning maqsadi oila qurish boʻlishi kerak.


#Jek
@Jek_jiddiy
5.2K views15:11
Ochish/sharhlash
2024-04-30 11:54:33 #Seshanba
#Motivatsiya

Martin Lyuter King 1968 yilda oʻldirib ketiladi. Oradan 40 yil oʻtib AQSh oʻzining ilk qora tanli prezidentini saylaydi.

Leonardo Da Vinchi inson uchishi mumkinligini aytib, uzoq tadqiqotlar ham qiladi. Oradan asrlar oʻtib inson nafaqat uchmoqda, u endi Marsga uchishga harakat qilmoqda.

Volter hatto fransuz revolyutsiyasiga yetib bormay 1778 yilda olamdan oʻtadi. U albatta “Ozodlik, tenglik va birodarlik” prinsiplari amal qilgan, inson huquqlari ustuvor boʻlgan farovon Fransiyani koʻrmasdan oʻtib ketgan. Lekin, tarixni oʻqigan, aqli bor, ozgina xolis inson Volterni “Orzudagi Fransiya”ning gʻoyaviy otalaridan deb biladi.

Bugun qaysidir olim, innovator, jamoatchilik lideri bizning koʻzimizda imkonsiz narsalar haqida gapirsa, bular haqida jiddiy oʻylab koʻrishni aytgan boʻlardim. Toʻgʻri, Bezos qayta tiklanuvchi hujayralar sabab tabiiy oʻlim yengib oʻtilganini koʻrmas, Mask boʻlsa Marsda hayoti davomida shahar qurolmas, biror siyosiy lider CO2 chiqarish kamayib iqlim isishi toʻxtagan zamonlarga yetib bormas, lekin muhimi ular shu tomon harakat qilgan boʻladilar.

Keyingi safar kimdir “I have a dream" deb nutq boshlab qolsa yaxshisi ustidan kulmang. “Stiv Jobs” kitobi ajoyib gap bilan boshlanadi: “Dunyoni oʻzgartiraman deb oʻylaydigan ahmoqlargina yakunda uni oʻzgartiradilar”

#Jek
@Jek_Jiddiy
5.4K viewsedited  08:54
Ochish/sharhlash