Get Mystery Box with random crypto!

😁Jek😁

Telegram kanalining logotibi jek_jiddiy — 😁Jek😁 J
Telegram kanalining logotibi jek_jiddiy — 😁Jek😁
Kanal manzili: @jek_jiddiy
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 19.83K
Kanalning ta’rifi

Ketmon tegmagan "Udar" gaplar😂 Kuzatuvlar, IMHO, Yumor😎

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 9

2023-05-04 07:56:17 Chet elga chiqqan odamning oʻsha joydagi rasm bilan profil rasmini almashtirishi xuddi ayfoni bor odamning oynani roʻparasida telefonini koʻrsatib rasmga tushishi, macbooki bor odamning apple logotipini koʻrsatib noutbuk bilan birga rasmga tushishi yoki mashinasida lyuki bor odaming lyukni koʻrsatib selfi qilishi qadar muhim narsa hisoblanadi.

Piarchi Konfutsiy
#Jek
@Jek_Jiddiy
3.3K views04:56
Ochish/sharhlash
2023-05-03 21:21:52 Eng zo‘r bo‘lish haqida mulohaza

Faraz qilay, men eng zo‘r Tarixchilardan biri bo‘lib yetishdim kelajakda. Shu qadar buyuklikka va mashhurlikka erishdimki, hatto o‘tmishda o‘tgan eng buyuk tarixchilar bilan ham mening nomimni bir qatorga qo‘yib tilga ola boshlashdi deylik. Xo‘sh, nima bo‘libdi endi shunga? O‘sha vaqtda ruhim chuqur qoniqish hosil qiladimi? Yoki cheksiz baxtni his qilamanmi? Shunday bo‘ldi ham deylik, keyinchi? Nima bo‘libdi baxtni his qilsam? Yo u o‘lgunimcha davom etadimi? 

Ha, do‘stlar, men hayotning ma’nosi nima o‘zi degan klassik savolning bir qismini aytayotgandek bo‘lyapman, shunday emasmi? 

Maqsad, eng zo‘ri bo‘lishi kerakmi? Maqsad shon-sharafga burkanish bo‘lishi lozimmi? Maqsad shunchaki pul topib bola-chaqani va o‘zini boqish bo‘lishi kerakmi? Maqsad nima bo‘lsa yaxshiroq bo‘ladi? 

Har bir odam yolg‘iz qolib hayot haqida biroz mushohada yuritsa ham o‘zining naqadar ahmoq ishlar bilan mashg‘ulligini bemalol ko‘ra biladi, lekin aksariyat holda bunga qarshi nimadir qilish uchun u baribir tuzukroq vaj ham, iroda ham topa olmaydi. Qanday bema’nilik. Hammasi chalkashib ketyapti yana. Nima qilish kerak? O‘ylab ko‘ring.

#Jek
@Jek_Jiddiy
3.7K views18:21
Ochish/sharhlash
2023-05-03 21:02:19 I want to sleep 5 minutes more
3.5K views18:02
Ochish/sharhlash
2023-05-03 20:30:52 Dunyo aholisi 8 mlrddan ziyodni tashkil etadi.

Bu koʻpchilik odamlar uchun katta raqam, xolos. Biroq, agar siz dunyodagi 8 milliard odamni 100% deb hisoblasangiz, yanada aniq maʼlumotlarni koʻrishingiz mumkin:

Yer axolisining 100% dan:

11% Yevropada
5% Shimoliy Amerikada
9% Janubiy Amerikada joylashgan
15% Afrikada,
60% Osiyoda joylashgan

49% qishloqda yashaydi
Shaharlarda esa 51%


12% Xitoy tilida gapiradi
5% Ispan tilida gapiradi
5% inglizchada gapiradi
3% koʻproq axoli inglizcha gapirishni biladi.
3% Hind tilida,
3% avar tili gapiradi
3% portugal,
2% rus tilida

2% koʻprogʻi Yapon tilida gapiradi.
62% yer axolisi oʻz tilida soʻzlashadi.

Yer axolisining
77% oʻz uylariga ega,
23% oʻz uyi yoʻq.


Odamlarning
21% keragidan ortiq
63% yetarlicha yeyishi mumkin
15% ochlikda yashaydi

87% odam toza ichimlik suviga ega
13% da toza ichimlik suvi yoʻq yoki ifloslangan suv manbaiga ega.

75% mobil telefonlar bor
25% yoʻq.


30% internetga kirish imkoni bor,
70% Internetga kirish uchun sharoit yoʻq

7% oliy maʼlumotli,
93% odam kollejda oʻqimagan.


83% oʻqishda davom etishi mumkin
17% odamlarning boshlangʻich savodi yoʻq

33% Masihiylar
22% Musulmon
Hindlar 14%
Buddiylar 7%
12% boshqa dinlar
12% diniy eʼtiqodga ega yemaslar.

Aholining
26% 14 yildan kam yashaydi,
66%  15 yoshdan 64 yosh orasida vafot etdi.
8% odamlar 65 yoshdan oshgan.

Yashashga uyingiz boʻlsa,
tabiiy oziq-ovqat va toza suv ichsangiz,
Mobil telefon, Internet va bilim olish uchun sharoitingiz boʻlsa, Siz yer aholisining 7 % dan kamrogʻiga nasib etgan imtiyozlilarga egasiz)

Dunyodagi 100% odamdan faqatgina  8%  65 yoshgacha yashaydi.

Agar, 65 yoshdan oshsangiz, Allohdan minnatdor boʻling. Siz  92% insonlar kabi 64 yoshga yetguningizcha dunyoni tark etmadingiz. Siz  baxtli insonsiz.

Oʻz sogʻligʻingizni asrang. Umringizning qolgan har lahzasini qadrlang!

#Jek
@Jek_Jiddiy
4.3K viewsedited  17:30
Ochish/sharhlash
2023-05-02 19:49:51 Oʼzbekning 100 ta soʼzdan iborat hayoti.

Beshik, Yoʼrgak, Yigʼi, Til.
Ilk qadam, Pediator.
Xoʼrozqand, Qum, Oʼyinchoq.
Buvi, Yasli, Аrgʼumchoq.

Maktab, Ikki, Uch, Toʼrt, Besh.
Toʼp, Oʼyin, Darsdan qochish.
Koʼcha, Doʼstlar, Tun, Sayoq.
Urish, "Tolpa", Gips, Yotoq.

Repetitor, Oliygoh.
Sigaret, Pivo, Аroq.
Yoz, Sessiya, "Uzatish".
Vikipediya, Diplom ish.

Qiz, Sevgi, Karashma, Noz
Koʼz, Yuz, Qoʼl, Lab, Ehtiros.
Qarz, Toʼy, Mebelь, Zoʼr artist.
Rossiya, Patent, Taksist.

Uy, Oila.
Uy, Ish.
Quyosh, Yoz.
Qor, Qish.

Oʼgʼil, Taglik, Beshik toʼy.
Biznes, Jazman, Pinhon uy.
Dacha, Remont, Moshin, Pul.
Televizor, Futbol, Pulьt.

Choyxona, Mahalla, Osh.
Koʼzoynak, Oqargan soch.
Masjid, Nevara, Beshik.
Qon bosimi, Dard, Toʼshak.

Yurak, Buyrak, Shifokor.
Janoza, Tobut, Mozor.


#Jek
@Jek_Jiddiy
4.4K views16:49
Ochish/sharhlash
2023-05-02 19:48:03 "Ma'budlar va ikki dunyo".

Tavsiya, ajoyib kino ekan)



3.9K viewsedited  16:48
Ochish/sharhlash
2023-05-02 15:55:31 Qavslarning ma'nosi:

)
))
)))
))))
)))))
))))))

#Jek
@Jek_Jiddiy
4.3K views12:55
Ochish/sharhlash
2023-04-30 15:55:22
Kecha olgan kitoblarim!)
5.7K views12:55
Ochish/sharhlash
2023-04-30 13:19:00 Referendum bir bahona edi, ovoz beruvchilar orasidan seni izladim)

#Jek
@Jek_Jiddiy
5.8K viewsedited  10:19
Ochish/sharhlash
2023-04-29 19:41:40 Kitob do'konga ketyapman, qaysi asarni olishni tavsiya etasizlar?)
6.6K views16:41
Ochish/sharhlash