Get Mystery Box with random crypto!

#Seshanba #Motivatsiya Martin Lyuter King 1968 yilda oʻldiri | SOQQACHI BOLLA

#Seshanba
#Motivatsiya

Martin Lyuter King 1968 yilda oʻldirib ketiladi. Oradan 40 yil oʻtib AQSh oʻzining ilk qora tanli prezidentini saylaydi.

Leonardo Da Vinchi inson uchishi mumkinligini aytib, uzoq tadqiqotlar ham qiladi. Oradan asrlar oʻtib inson nafaqat uchmoqda, u endi Marsga uchishga harakat qilmoqda.

Volter hatto fransuz revolyutsiyasiga yetib bormay 1778 yilda olamdan oʻtadi. U albatta “Ozodlik, tenglik va birodarlik” prinsiplari amal qilgan, inson huquqlari ustuvor boʻlgan farovon Fransiyani koʻrmasdan oʻtib ketgan. Lekin, tarixni oʻqigan, aqli bor, ozgina xolis inson Volterni “Orzudagi Fransiya”ning gʻoyaviy otalaridan deb biladi.

Bugun qaysidir olim, innovator, jamoatchilik lideri bizning koʻzimizda imkonsiz narsalar haqida gapirsa, bular haqida jiddiy oʻylab koʻrishni aytgan boʻlardim. Toʻgʻri, Bezos qayta tiklanuvchi hujayralar sabab tabiiy oʻlim yengib oʻtilganini koʻrmas, Mask boʻlsa Marsda hayoti davomida shahar qurolmas, biror siyosiy lider CO2 chiqarish kamayib iqlim isishi toʻxtagan zamonlarga yetib bormas, lekin muhimi ular shu tomon harakat qilgan boʻladilar.

Keyingi safar kimdir “I have a dream" deb nutq boshlab qolsa yaxshisi ustidan kulmang. “Stiv Jobs” kitobi ajoyib gap bilan boshlanadi: “Dunyoni oʻzgartiraman deb oʻylaydigan ahmoqlargina yakunda uni oʻzgartiradilar”

#Jek
@Jek_Jiddiy