Get Mystery Box with random crypto!

😁Jek😁

Telegram kanalining logotibi jek_jiddiy — 😁Jek😁 J
Telegram kanalining logotibi jek_jiddiy — 😁Jek😁
Kanal manzili: @jek_jiddiy
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 18.94K
Kanalning ta’rifi

Ketmon tegmagan "Udar" gaplar😂 Kuzatuvlar, IMHO, Yumor😎

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 6

2023-05-12 22:41:49 13. Qaynopa, qaynsingil va boshqa oilaning yangi aʼzolari bilan ham tezda apoq-sapoq boʻb ketishni kutmaslik kerak. Samimiy munosabat yetarli, soxta mulozamat qilib, yoʻq obroʻni ham tuproqqa koʻmmaslik kerak. Chiroyli va mustahkam munosabat qurish uchun vaqt va ikki taraflama harakat kerak.

14. Eng muhim anglaganim, oilani oila qiladigan odam bu erkak kishi ekan. U qanchalik adolatli, soʻzini kuchi boʻlsa, kelin uni hurmatidan qadr topadi. Nafaqat oʻzi bilan balki yon-atrofdagilari bilan ham ortiqcha muammolar kelib chiqmaydi.

Muallif: Xonzodabegim
#Jek
@Jek_Jiddiy
3.5K views19:41
Ochish/sharhlash
2023-05-12 22:41:49 Turmush oʻrtogʻim bilan hayotimiz rasman bogʻlanganiga 1 yil boʻldi. Toʻgʻri, bu kim uchundir juda qisqa muddat. Biroq bu meni qarashlarim, feʼl-atvorim, qaysidir maʼnoda hayotim oʻzgarishi uchun yetarli boʻldi. Shu vaqt mobaynida anglagan, takror amin boʻlgan xulosalar bilan boʻlishmoqchiman. Oʻylaymanki, bu tavsiyalar turmushga chiqmagan singillarimiz uchun foydali boʻladi.

1. Har narsaning oʻz vaqti, soati bor. Sizni qoʻlingizdan keladigan eng toʻgʻri yoʻl - juda koʻp bora Allohdan xayrli va butun umrlik umr turmush soʻrash va oʻzingiz ham maksimal darajada duoyingizdagi insonga mos boʻlishga intilish kerak.

2. Yana bir narsa, duolaringizda nafaqat yaxshi turmush oʻrtoq, balki iymonli, vijdonli qaynana-qaynata, qarindosh-urugʻlar soʻrashni ham unutmang. Ular yaxshigina hayotingizga dahl qila oladigan shaxslar boʻladi.

3. Koʻpchilik oylab, kerak boʻlsa yillab “gaplashib”, sinashib, “xarakter”ini bilib, turmush qurish kerak deyishadi. Ammo inson qancha harakat qilmasin, to yashab koʻrmaganicha odamni qanaqaligini bilolmaydi. Agar ikkilanish boʻlsa eng maqbuli - uchrashuvga chiqishdan oldin yoki keyin istihora qilish kerak.
(Lekin menda zarra ikkilanish boʻlmagani uchun bu namozni oʻqimaganman. Ikki marta uchrashib, Allohga tavakkal qilganman. Alhamdulillah, hozircha sal kechroq tegsam boʻlarkan degan fikrdan boshqasiga afsuslanmadim )

4. Toʻydan keyin kelishmovchiliklar boʻlmasligi uchun qizlar oldindan bola bilan keyingi hayoti (ish, oʻqish) xususida konkret gaplashib olishlari kerak.

5. Turmush instagramʻdagi ayrim blogerlar koʻrsatgani kabi hamisha rejadagidek chiroyli, tekis ketmaydi. Uning oʻziga yarasha sinovlari boʻladi. Ayol doim oʻz “men”ini, orzularini birinchiga qoʻyib, saodatga erisholmaydi. Ayol oilasi mustahkamligi uchun kerakli boʻlganida vaqtincha qurbonlik qilgan afzal. Chunki hamma sizni oʻrningizni sizdan-da yaxshirogʻini topa oladi, istagan payt siz bilan xayrlasha oladi. Lekin oilangiz har qachon sizni yoningizda boʻladi.

6. Hamma oilaning oʻzini tuzumi, odati bor. Kelinlar uzoq va tinch hayot kechirishni niyat qilar ekan, tushgan xonadonini qizlik uyi bilan hadeb solishtiravermasligi, hammasini boricha qabul qilib, koʻngani oʻziga koni foyda.

7. Qanchalik inkor etmaylik, bizning jamiyatda kelinlar mehnati, qaynona-qaynotasiga qilgan xizmati orqali koʻproq qadrlanadi, hurmat qozonadi. Shuning uchun qizlar oʻzini qiynamasdan bu oʻzgarmas qoidalarni qabul qilishi, koʻnikishi kerak.

8. Turmush qurib tushundimki, uy tozalash va uni ozoda saqlash, pazandalik ham bir sanʼat ekan. Qizlar yoqtirmalarda sanʼatga oshno tutinmoqlari, qancha koʻp malakaga ega boʻlsa faqat va faqat oʻzlari uchun foyda ekan.

9. Kelin yangi oila aʼzolarini koʻnglini olish uchun “maska” taqib, oʻzidan mehnatkash kelinni yasamasliklari kerak. Chunki, inson uzoq vaqt niqobda yasholmaydi, qolaversa, maksimal harakat qilib, kutilgan javobni ololmasa, ruxi sinib qoladi. Qolaversa, baʼzi odamlar teringizni shilib bersangiz ham rozi boʻlmaydi. Shuning uchun birovni rozi qilaman deb oʻzini oʻta qiynamagan maʼqul.

10. Biroq kelinlar yangi oilasida, qarindosh-urugʻlar bilan munosabatlarda feʼl-atvorni yashirgani, yaʼni kamgaproq, fikrini ochiq bildirmay yurgani maʼqul. (bu men kabi emotsiyalarini ochiq koʻrsatadigan, qoʻrqmay gapirib yuboradiganlarga tegishli)

11. Ertaga asabiylashib, yaqinlarini yomon koʻrib yurmasligi uchun boshidan shaxsiy chegaralarini oʻrnatgani, oʻziga yoqmagan ish qilinganda maksimal darajada chiroyli yoʻl bilan tushuntirgani maʼqul.

12. Toʻyda odatda “kelin emas qiz, qaynona esa ona boʻlsin” deb duo qilishadi. Lekin vaziyatga real qaraganda, kelin qaynonasiga oʻz onasidan koʻra koʻproq eʼtibor berib, xizmatini qilishini mumkin, biroq nima boʻlgan taqdirda ham qaynona kelinini oʻzini tuqqan bolasiday koʻrolmaydi, shu qatori kelinlar ham.Chunki har bir ayolda onalik va bolalik instinti bor. Munosabatlarda hissiyotlarga berilmay boricha qaralsa, yashash ancha yengillashadi.


Muallif: Xonzodabegim! Davomi..
#Jek
@Jek_Jiddiy
3.5K viewsedited  19:41
Ochish/sharhlash
2023-05-12 21:35:28
“Odamgarchilik va mehr-oqibat hali oʻlgani yoʻq!”

Latviyalik mashhur bloger Toshkentda ijtimoiy rolik oldi.

#Jek
@Jek_Jiddiy
3.6K views18:35
Ochish/sharhlash
2023-05-12 21:33:39 Uyqudan darhol uygʻonib ketadiganlarga havasim keladi. Men koʻzimni ochgach, yarim soatcha “Men oʻzi kimman?”, “Hozir qayerdaman?” degan savollarga javob izlayman!)

#Jek
@Jek_Jiddiy
3.4K views18:33
Ochish/sharhlash
2023-05-10 18:54:03 Eʼlon:
- Xotinimning haydovchilik guvohnomasi yoʻqolgan. Topib olganlardan iltimos, yoqib yuboringlar! Suyunchisi bor.

#Jek
@Jek_Jiddiy
3.6K viewsedited  15:54
Ochish/sharhlash
2023-05-10 16:58:18
Mister Bin

Yoshligida Roun Atkinson juda koʻp rad javobini olgan, chunki unda nutqida nuqsoni bor edi, duduqlanish va baʼzi harflarni ayta olmaslik.

Lekin u buni uddaladi.

Bir necha yildan keyin u oʻzining shaxsiy “Mister Bin” shousini yaratdi. Roun Atkinsonning juda ajoyib bir gapi bor: “baʼzan bizning nuqson deb oʻylaydigan narsalarimiz, bizni boshqalardan ajratib qoʻyadi va bizni sevib qolishlariga asos boʻladi.”

Shuning uchun nuqsonim bor, menda bu oʻxshamaydi deb oʻylamang, siz nuqsonlarni modaga aylantira olasiz, birovlar gapiraveradi, doimo olgʻa harakat qiling.

#Jek
@Jek_Jiddiy
3.6K views13:58
Ochish/sharhlash
2023-05-10 11:37:37 Ayni vaqtda qaysi asarni o'qiyapsiz deb botga yozishibdi. Hozirda 3 ta asar bilan(audio, elektron va haqiqiy kitob) bir vaqtda bandman:

1) Halqa asari (audio variantini eshityapman)

2) Zo'raki muttaham asari (Kanalimga joylaganman, yakshanba kunigacha tugatishimiz kerak)

3) IBTIDO asari(rosa sudralib o'qilyapti, tugay demaydi, 700 betga yaqin asar)


#Jek
@Jek_Jiddiy
3.6K viewsedited  08:37
Ochish/sharhlash
2023-05-10 10:56:40 Ikkita bolani yo'ldan oldim(manzilim shu tomon edi)

Birinchisi chamasi 2006-yil, telefonda gaplashyapti:
- Alo, ovozing yaxshi kelmayapti...aaa..haa mana endi keldi. Rahmat, jonim, seniyam sog'indim)

Ikkinchisi chamasi 2005-yil, telefonda gaplashyapti:
- Hayotim, bugun darsdan keyin mejikda koʻrishamiz, senda gapim bor)

Va ro'lda MEN:
Tole yoʻqi jonimgʻa baloligʻ boʻldi,
Har ishniki ayladim, xatoligʻ boʻldi.
Oʻz yerni qoʻyib, Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qaroligʻ boʻldi.

#Jek
@Jek_Jiddiy
3.7K views07:56
Ochish/sharhlash
2023-05-10 10:56:40 Hamma obunachilar chiqib ketib, kanalda qolgan eng oxirgi bitta odamga kanal haqida o'ta muhim bo'lgan bir sirni aytaman)

#Jek
@Jek_Jiddiy
3.3K views07:56
Ochish/sharhlash
2023-05-10 10:56:32 Jek kanalida tekin reklama
3.2K views07:56
Ochish/sharhlash