Get Mystery Box with random crypto!

Rossiyada UzAuto Motors avtomobillarini olib ketayotgan treyle | Jalol Murad

Rossiyada UzAuto Motors avtomobillarini olib ketayotgan treyler yonib ketdi

Chevrolet avtomobillarini olib ketayotgan avtotreylerning yonayotgani aks etgan video tarqaldi. “Oʻzavtosanoat” matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin Rossiya avtomobil tashuvchisiga tegishli avtotreylerning salonida sodir boʻlgan. Shundan soʻng alanga avtomobillar boʻlgan treylerga oʻtgan.

Yongʻin oqibatida 8 ta avtomobildan 3 tasi zarar koʻrgan. Hodisa oqibatida avtotreyler haydovchi jabrlanmagan. Voqea Moskva viloyati hududida avtomobillarni mijozga olib oʻtish vaqtida sodir boʻlgan.

Barcha tashilgan avtomobillar sugʻurtalangan boʻlib, ular rossiyalik mijozga tegishli boʻlgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda zaruriy yongʻin-texnik ekspertizasi oʻtkazilib, yongʻinning kelib chiqish sabablari oʻrganilayotgani maʼlum qilindi.

@jalolmurad • Manba