Get Mystery Box with random crypto!

Hindiston Eksimbanki Oʻzbekistonga taʼlim sohasidagi loyihalar | Jalol Murad

Hindiston Eksimbanki Oʻzbekistonga taʼlim sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 448 mln dollar ajratadi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida bosh vazir oʻrinbosari Sardor Umurzoqov Hindistonning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki mamlakatning iqtisodiy aloqalarida ishga solinmagan salmoqli salohiyat va oʻzaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishning samarasi yuqori boʻlgan qator ustuvor yoʻnalishlar qayd etildi.

Umurzoqov va Manish Prabhat Hindiston Eksimbanki tomonidan Oʻzbekistonda infratuzilmaviy rivojlanish va taʼlim sohalarida loyihalarni moliyalashtirish uchun 448 mln dollar miqdorida mablagʻlar ajratilishini olqishlab, ushbu loyihalarni joriy etish borasida birgalikda ishlashga kelishib oldi.

@jalolmurad • Manba