Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 11.99K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 90

2022-01-16 13:50:37 #maslahat #learn_english_with_software #bilasizmi

Assalomu alaykum tilshunos do‘stlar, sizlarning e’tiboringizga til bo‘yicha bilimlaringizni oshirib borishingiz uchun kanalimizda e’lon qilingan dasturlar, ilovalar va foydali maslahatlarimizni taqdim etamiz:

Kompyuter dasturlari:

01. Straighforward Macmillan Beginner;
02. Straighforward Macmillan Elementary;
03. Straighforward Macmillan Pre-Intermediate;
04. Straighforward Macmillan Intermediate;
05. Straighforward Macmillan Upper Intermediate;
06. Straighforward Macmillan Advanced;
07. Basic Grammar in Use, Third Edition;
08. Cambridge Advanced Learners Dictionary;
09. ABBYY Lingvo x6 Pro (Ru-En, En-Ru lug‘at);
10. Ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun kichik dasturlar.

Mobil ilovalar:

01. Duolingo;
02. Drops;
03. Memrise;
04. Полиглот 16/32 va boshqalar;
05. English LinDuo;
06. Rosetta Stone;
07. Lingvist;
08. IELTS Test;
09. English Level Checker;
10. English Tenses;
11. English Grammar in Use;
12. 4 pics 1 word;
13. Inglizchani o‘rgatuvchi bepul ilovalar;
Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

Foydali ma’lumotlar va tavsiyalar:

• Ingliz tilini o‘rganish uchun ajoyib manbalar;
• List of English & IELTS Channels to follow
• Top 10 onlayn lug‘atlar;
• Uz-En, En-Uz lug‘at;
• O‘zb-Rus, Rus-O‘zb lug‘at;
• Filmdan parchani topish va yuklab olish;
• Ingliz tilini o‘rganish uchun samarali 5 layfxak;
• Kompyuterni yaxshi o‘rganish uchun qaysi xorijiy tilni bilish kerak?;
• Ingliz tili grammatikasi jadvallarda (En-Ru);
• Ingliz tilida qaysi so‘zlarni birinchi bo‘lib o‘rganish kerak?;
• Ingliz tilini o‘rganuvchilarning 80% shuni xato aytishadi;
• Ingliz tilida qaysi harf eng ko‘p ishlatilishi haqida bilasizmi?;
• Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin;
• Abituriyentlar uchun test topshiriqlarini yechish bo‘yicha namunaviy testlar va tavsiyalar;
• Ingliz tilidan o‘z bilim darajangizni ko‘rsatib o‘ting;
• Bu shunchaki imtihon!
• Ingliz tilining lug‘ati aynan qancha so‘zdan iborat ekanligini bilasizmi?
• Xan akademiyasi: har kim har yerda bepul ta’lim olishi mumkin.
• Dunyodagi eng birinchi dasturchi ingliz ayol kim ekanligini bilasizmi?
• Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha mulohazaga chorlovchi maslahat;
• “Xato qilishdan qo‘rqqan odam hech qachon til o‘rgana olmaydi”. 15ta xorijiy oliygoh talabasi bo‘lgan o‘quvchi bilan suhbat;
• IELTS va TOEFL nima farqi bor?
• Dunyo bo‘ylab butun ma’lumotlarning qancha foizi ingliz tilida saqlanishini bilasizmi?
• Qanday qilib ingliz tilini samarali va zerikmasdan o‘rganish mumkin?
• Ingliz tilini o‘zlashtirishga ko‘mak beruvchi 10 ta film

Hamkor kanal: @Kompyuter_Akademiyasi

Ushbu postimizni o‘zingiz uchun foydali deb bilsangiz, unda do‘stlaringiz bilan ham baham ko‘rishni unutmang, zero ingliz tilida aytganda – “Sharing is caring!”

@itspecuz | Mundarija
1.9K views10:50
Ochish/sharhlash
2022-01-15 18:30:59 #operatsion_tizim #excel

Unutilgan Scroll Lock klavishi

Klaviaturadagi Scroll Lock klavishidan deyarli hech kim foydalanmaydi. Xo‘sh, agar shunchalik kerak bo‘lmasa, unda nega klaviaturadan joy olgan?

Klaviaturada 3 ta led chiroqlarni yoqib o‘chishiga sabab bo‘luvchi klavishlardan biri – Scroll Lock'dir.

Scroll Lock klavishi eski avlod kompyuterlarida ko‘proq foydalanilgan. Ushbu klavisha faollashtirilganida kursor o‘rnida qotib, klaviatura strelkalari yordamida matn bo‘ylab yuqoriga/pastga siljish imkoni bo‘lgan.

Hozirda buning o‘rnini sichqonchada o‘rnatilgan g‘ildirakcha (scroll) egallagan, undan foydalanish esa nisbatan ancha qulayroqdir.

Scroll Lock klavishidan hozirda Microsoft Office paketining Excel dasturida foydalanish mumkin.

U faollashtirilib, strelkali klavishlar bosilganida kursor yacheykadan yacheykaga sakramaydi, bunda strelkali klavishlar jadval bo‘ylab yuqoriga/pastga/o‘ngga/chapga siljish uchun xizmat qiladigan rejimga o‘tadi.

Strelkalar yordamida yana yacheykalar bo‘ylab o‘tish uchun Scroll Lock klavishini qayta bosib, uni faolsizlantirish lozim bo‘ladi.

Manba: @geek_boy_uz

Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Operatsion tizim ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

@itspecuz | Mundarija
1.1K views15:30
Ochish/sharhlash
2022-01-15 16:10:21
Siz kutgan damlar keldi!

Web dasturlash video kursimiz siz uchun ajoyib imkoniyatlar eshigini ochadi. Kursimizda to'liq FRONTEND va BACKEND dasturchi bo'lish imkonini qo'ldan boy bermang.

— Qanday qilib deysizmi?
Maxsus Algoritm asosida ishlab chiqilgan FULLSTACK video kursimizni hoziroq xarid qiling va eng ommabop kasb egasiga aylanib o'z kelajagingizni quring.

Video kursimizda:

Frontend:
— Java Script, ES6, jQuery, Sass, ReactJS

Backend:
— PHP, Yii2, MySQL, OOP;

Bonus(HTML, CSS, Bootstrap va GIT)

Aksiya narxi: 400.000 so'm

Savol va murojaatlar uchun:
@webdeveloper_97
1.6K views13:10
Ochish/sharhlash
2022-01-15 14:50:16
#test #excel

Yacheykaga 3/10 qiymati kiritilmoqda. ENTER klavishi bosilganidan so‘ng yacheykada qanday ma’lumot hosil bo‘ladi?
Anonymous Quiz
30%
oddiy kasr son — 3/10
41%
son — 0,3
24%
sana — joriy yilning 3-oktabri
6%
vaqt — 3 dan 10 daqiqa o‘tgan
2.2K voters1.6K views11:50
Ochish/sharhlash
2022-01-15 12:31:03 #operatsion_tizim

Windows'ning buyruq satri (Командная строка)da kiritilgan buyruqlar tarixi

Faraz qiling, siz Windows'ning konsol oynasida ishlamoqdasiz. Qaysidir onda sizga oldinroq kiritilgan buyruqni qayta qo‘llash zarurati paydo bo‘lib qoldi, biroq siz uning kiritilish tartibini unutdingiz.

Bunday vaziyatda nima qilish lozim? Barcha kiritilgan buyruqlar bo‘ylab yuqoriga/pastga qaratilgan strelkachali klavishlarni bosish orqali tartib bilan o‘tishmi? Bu ortiqcha vaqt olishi mumkin.

Buning osonroq yechimi – F7 funksional klavishidan foydalanishdir. U kiritilgan buyruqlar ro‘yxatini o‘zida aks ettiradi.

Siz buni qo‘llash orqali kerakli bo‘lgan buyruqni tezroq topib, uni ENTER klavishini bosgan holda ishga tushirishingiz mumkin.

Manba: @bugfeature

Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
2.0K views09:31
Ochish/sharhlash
2022-01-15 10:30:41
#mulohaza_uchun #grafika #dasturlash #IT_humor

Loyiha menejeri: Dasturdagi ushbu tushunmovchilikni ertangi kunga qadar bartaraf etishingiz shart!

Bunga javoban men...

@itspecuz | Mundarija
2.1K views07:30
Ochish/sharhlash
2022-01-15 07:25:16 BOOOOM

Windows Server 2019 kursimni
YouTube tarmog‘idagi sahifamizga joylashni boshladim. InshaAlloh, har hafta shanba kuni bittadan darsni joylab boraman. Siz sahifamizga aʼzo bo‘lib qo‘ying va videolarga layk bosishni unutmang. Eʼtiboringiz uchun rahmat.

Youtube sahifamiz: https://www.youtube.com/channel/UCBm1MTUDmpMJOMBd418HbEA

@tarmoq_tizim
2.5K views04:25
Ochish/sharhlash
2022-01-14 20:31:27 #operatsion_tizim #internet

Windows 11'ni o‘rnatmasdan foydalanib ko‘rish

Windows 11 operatsion tizimi rasmiy tarzda taqdim etilganidan so‘ng bir qancha muddat o‘tdi. Ushbu vaqt mobaynida ko‘pchilik tizimning yangi versiyasiga o‘tishga ulgurdi: kimdir kiritilgan yangilanishlar va o‘zgarishlardan juda mamnun bo‘lgan bo‘lsa, yana kimdir esa hamon o‘sha eski va qadrdon bo‘lishga ulgurgan Windows 7'ni qo‘msaydi.

Agarda siz hali Windows 11'ni o‘rnatish bo‘yicha bir qarorga kelmagan bo‘lib, umuman olganda, ushbu tizimga o‘tishning o‘zi kerakmi, deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, shoshilishning hojati yo‘q. Mohir dasturchi bunda sizga ko‘maklashish maqsadida operatsion tizimning virtual versiyasini veb-sayt ko‘rinishida taqdim etdi.

Ushbu sayt orqali Windows 11'ni demo-versiya sifatida qo‘llab ko‘rishingiz, yangi dizayn bilan tanishishingiz mumkin. Sayt operatsion tizimning tashqi ko‘rinishi va asosiy funksiyalarni emulyatsiya qiladi (hattoki terminal (Командная строка)ni ishga tushirish mumkin).

Foydalanib ko‘rish uchun havola bo‘ylab o‘tishning o‘zi yetarli. Saytda Windows Store, Edge brauzeri va hatto Spotify'ni ishga tushirib ko‘rish mumkin. O‘zingizni butunlay yangi tizimda his etish, ya’ni sayt tarkibini butun ekranga yoyish uchun F11 klavishini bosing (odatiy ko‘rinishga qaytish uchun ham shu amal bajariladi).

Manba: @bugfeature

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• “Yangi avlod Windows”i qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi
• Windows 11 chiqishiga ishora: “Microsoft” ramziy post qoldirdi
• Windows 11 Compatibility Checker dasturi
• Windows 10'dan Windows 11'ga yangilanish
• Kompyuterga o‘rnatilgan Windows 11 yangilanishini bekor qilish
• “Mos kelmaydigan” kompyuterda Windows 11'ga yangilanish (1-usul)
• Windows 11'ni o‘rnatishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish (2-usul)
• “Mos kelmaydigan” ShK'da Windows 11'ga yangilanish (3-usul)
• Windows 11'ning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma nashr qilindi
• Windows 11'da “Пуск” tugmasini chap tomonga ko‘chirish
• Microsoft eski shaxsiy kompyuterlarga Windows 11'ni o‘rnatishga ruxsat beradi
• Rufus dasturi yordamida Windows 11 bilan yuklanuvchi fleshkani yaratish
• Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli)
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
1.1K views17:31
Ochish/sharhlash
2022-01-14 18:30:35
Har bir fursatda imkoniyat bor

IT sohasi ishtiyoqmandlari uchun qiziq mavzulardagi savollarga o‘ziga xos javoblar. Sizda suhbatni tomosha qilish, fikrlash va jiddiy xulosalar qilish imkoni bor.

Suhbatni ikki qismga bo‘lib berishga qaror qildik. Bugungi suhbatimizda “Project Managers” loyihasi asoschisi Alisher Tojiyevning o‘z tajribalari, yutuqlari haqida fikr yuritsak, ertangi premyerada katta loyihalarni qanday rejalashtirish, ish sifatini oshirish kabi mavzularda gaplashamiz.





Premyera bugun 21:30 da YouTube kanalimizda
875 views15:30
Ochish/sharhlash
2022-01-14 17:50:33
#mulohaza_uchun #hardware #IT_humor

Qora ishchi o‘zi doim e’tibordan chetda qolib kelgan...

@itspecuz | Mundarija
1.4K views14:50
Ochish/sharhlash