Get Mystery Box with random crypto!

﷽ Mutaxassisga murojaat qilishda yordam beradigan tavsiyalar | Mushtariy Abdullayeva/Psixolog


Mutaxassisga murojaat qilishda yordam beradigan tavsiyalar

Siz ma'lum bir muammo ustida psixolog bilan ishlashga qaror qildingiz yoki vaziyat shuni taqozo qildi. Quyidagi tavsiyalar sizga foydali bo'ladi degan umiddamiz:
1. Mutaxassisga murojaat qilishga qaror qilgan ekansiz, avvalo uni sizdagi muammo bilan ishlagan yoki ishlamaganligini bilishga harakat qiling ya'ni ish tajribasi muhim omillardan hisoblanadi.
2. Psixolog tanlash biroz vaqt talab qilsada ko'nglingiz chopgan psixologga borishingiz maqsadga muvofiq. U bilan siz o'zingizni xotirjam va qulay his qilishingiz kerak. Chunki mijoz va psixolog o'rtasidagi aloqaning sifati juda muhim. Agar sizda psixologga nisbatan iliq munosabat uyg'onmayotgan bo'lsa yaxshisi, boshqa psixolog toping.
3. Agar psixolog bilan konsulatsiya amalga oshirgan bo'lsangiz, quyidagi savollarni o'zigizdan so'rang:
- psixologga muammoyingizni ochiq bayon qilish juda noqulay bo'lmadimi?
- psixolog siz gapirgan muammolarni tushundi deb hisoblaysizmi?
- sizga hurmat va hamdardlik bilan munosabatda bo'lindimi?
-konsultatsiyadan so'ng psixologga bo'lgan ishonchingiz ortdimi yoki aksincha?

@islomiypsixologiya_uz
kanaliga ulanish

https://t.me/+oHQQIqk8g_ljMGU6