Get Mystery Box with random crypto!

﷽ Nima uchun qalbimiz borgan sari zaiflashib, noziklashib bor | Mushtariy Abdullayeva/Psixolog



Nima uchun qalbimiz borgan sari zaiflashib, noziklashib bormoqda?


Tanamiz og'risa, albatta, shifokor ko'rigiga borishni reja qilamiz yoki tanishlardan so'raymiz, hech bo'lmaganda internetda bu haqida o'qiymiz. Nima uchun ruhimizni unutib qo'yganmiz? Qalbimizni holatiga umuman qaramaymiz. U qorayib ketganmi, kasallik tekkanmi yoki umuman tosh kabi qotib ketganmi bundan bexabarmiz. Vaholanki Alloh bilan bo'lgan aloqamiz qalb orqali bo'ladiku?! Shuning uchun ham borgan sari qalbimiz zaiflashib, noziklashib bormoqda. Qo'shnimizni bir og'iz gapini og'ir olamiz. Bizga nisbatan bildirilgan noto'g'ri fikrlarni eshitib bir necha kun jig'ibiyron bo'lib yuramiz yoki birovdan salbiy fikr eshitsak, bu gapni aytgan insonni muhokama qilishni boshlab yuboramiz hk. Chunki qalbimizni ahvoli og'ir. Solihlar avvalo qalblarini holatiga e'tibor qaratishgan. Shuning uchun o'zlari haqida aytilgan salbiy fikrlardan ijobiylik ko'rganlar yoki bu gaplarga umuman ahamiyat bermaganlar.

Qalbingizga ham g'amxo'rlik qiling, unga e'tibor bering. U ham Allohning omonati. Bu haqida so'ralishimizni unutmang.

Qalb salomatligi uchun Qur'on suv va havodek zarur.Bugundan boshlab Qur'on bilan do'stlashing. Agar u bilan do'stlik rishtalarini avvaldan bog'lagan bo'lsangiz, uni bir pog'onaga ko'taring. "Bugun kech bo'ldi, erta bo'lsin boshlayman" yoki "Mana shu ishimni yakunlashim bilan boshlayman" demang. Bugundan boshlang. Men har bir insonga avvalo dindosh sifatida, so'ng bir Psixolog sifatida tavsiya qilaman Qur'onga bog'lanish vaqti keldi!

P.s. Menga ko'pincha psixologik muammo bilan yordam so'rab murojaat qilishadi. Ularga ham shu tavsiyani bergan bo'lardim. Qur'ondan sizni hech narsa to'sa olmaydi. Alloh bizga buni oson qilib qo'ygan. Tahorat olsangiz bo'ldi...

@islomiypsixologiya_uz
kanaliga ulanish

https://t.me/+oHQQIqk8g_ljMGU6