Get Mystery Box with random crypto!

﷽ Travmadan o'z ustida ishlash orqali xalos bo'lishga yordam | Mushtariy Abdullayeva/Psixolog



Travmadan o'z ustida ishlash orqali xalos bo'lishga yordam beruvchi 5 tavsiya

1. Yaqinlar bilan birgalikda ko'proq vaqt o'tkazish
Atrofdagilar bilan aloqani uzmaslikka harakat qiling. Chunki travmadan xalos bo'lish jarayonida o'zini yakkalash depressiya kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
2.Jismoniy harakat
Tushkunlik bilan bog'liq kasalliklarda sport eng samarali usul hisoblanadi. Chunki jismoniy harakat davomida tana endorfin gormonini ishlab chiqaradi. Bu esa odam o'zini yaxshi his qilishiga yordam beradi. Sport mening yo'nalishim emas desangiz, har kuni mashq bajaring. Agar sizga jismoniy mashqlar umuman yoqmasa hech qisi yo'q. Shunchaki sayr qiling yoki velosiped haydang. Muhimi doimo jismoniy harakatda bo'ling.
3. Qalbingizga sokinlik olib keladigan mashg'ulotlar bilan band bo'ling
Qur'on o'qing, yodlang, tinglang, tafakkur qiling.
Kuningizni ma'lum qismini ibodat va zikrlarga ajrating. Duoda bo'ling.
4. Xotiralarga tik boqing
Sizga travmatik hodisani eslatuvchi narsalarga odatda e'tibor bermaslikka yoki unutishga harakat qilgansiz. Endi ularga tik boqishdan qo'rqmang. Ularni qabul qiling* va o'sha xotiralar bilan birga o'zingizni yaxshi his qilishga harakat qiling.
*Yomon xotiralarni qabul qilish uchun bu ishlar Allohning taqdiridan ekanligini, har bir musibatga mukofot borligini va Alloh har bir ishni hikmat bilan qilishini o'zingizga eslatib turing.
5. Albatta, siz tanlagan yo'l oson bo'lmaydi
Ba'zan energiyangiz tugab qoladi, ba'zan esa miya biror narsa haqida bosh qotirishni xohlamaydi. Shunday vaziyatlarda biroz o'zingizga dam bering. Yuqoridagi tavsiyalarni oz-ozdan bo'lsada har kuni qilishga odatlaning.

@islomiypsixologiya_uz
kanaliga ulanish

https://t.me/+oHQQIqk8g_lj