2022-12-01 06:47:36
TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
Davlat test markazi huzuridagi
Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan
TOEFL ITP va
TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni
onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti
(“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va
9-dekabrga qadar davom etadi.
Imtihonlar esa
12-dekabr kuni Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida kompyuterda
elektron tarzda o‘tkaziladi.
TOEFL ITP va
TOEIC imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga
ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.
TOEFL ITP va TOEIC sertifikatlari
xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning
PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Imtihonlar bo‘yicha to‘liq
ma’lumot va
qo‘llanmalar:
TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma;
TOEIC
Listening and Reading Test — ma’lumot | qo‘llanma;
TOEIC
Speaking and Writing Tests — ma’lumot | qo‘llanma.
Murojaat uchun: (95)
515 68 68, (95)
507 70 72, @dtm_ilmiy_markaz.
@inglizchasiga
1.1K views03:47