Get Mystery Box with random crypto!

Infoshop

Telegram kanalining logotibi infoshop_uz — Infoshop I
Telegram kanalining logotibi infoshop_uz — Infoshop
Kanal manzili: @infoshop_uz
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.35K
Kanalning ta’rifi

@infoshop_uz dunyoda IT ning eng qaynoq va eng qiziqarli malumotlarini o'zida joylayotgan kanal.
Tijoriy takliflar uchun: @ovchi
Sayt : Infoshop.uz
Telegram : @infoshop_uz
Instagram : instagram.com/infoshopuz
Facebook: facebook.com/infoshopuz

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-23 18:00:32
Videomontajni oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun 3 tavsiya

Video soʻnggi bir necha yillik vaqt ichida marketingning kuchli quroliga aylandi. Bu esa videokontent bilan ishlovchi mutaxassislarga boʻlgan talabni keskin oshirib yubordi.

Professional montaj ustasi boʻlishni istaysiz, ammo ishni nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Quyidagi tavsiyalar aynan siz uchun!

Ustoz tayyor! Vaqtingizni internetda behudaga sarf etmasdan, montajni oʻrgatuvchi videoroliklar koʻrishni boshlang. Aksariyat mutaxassislar videomontajni Youtubeʼdan oʻrganishgan. Mazkur platformada montaj boʻyicha bepul videodarslar son-sanoqsiz.

Amalda qoʻllang! Videodarslardan olgan bilimlaringizni amalda qoʻllash uchun ishga jiddiy kirishing. Biror loyihani boshidan oxirigacha oʻzingiz montaj qiling va xatolar ustida tinimsiz ishlang.

Kuzating! Hamkasblaringizning ishlarini doimiy ravishda kuzatib boring. Ushbu sohaga qiziquvchilar bilan fikr almashib turing.

Siz montaj sohasiga qiziqasizmi?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
2.1K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-08-21 17:02:15
Aql yoshda emas, boshda: Dunyodagi eng yosh dasturchilar

Qarshisiga aniq maqsad qoʻygan odamni unga erishishdan hech qanday toʻsiq toʻxtata olmaydi. Bu borada yoshning zarrachalik ahamiyati yoʻq. Yurakda oʻqib-oʻrganish istagi va kuchli ishtiyoq boʻlsa kifoya.

Dunyodagi eng yosh dasturchilar haqida eshitganmisiz? Ular mazkur sohani necha yoshdan boshlab oʻrganishgan va ayni vaqtda qayerlarda faoliyat olib borishadi? Bugun shu haqida suhbatlashamiz.

Site | Telegram | Facebook | Instagram
2.5K views14:02
Ochish/sharhlash
2022-08-18 16:12:04
Oyijon, "2v1" shampunda sigiriz yaltillab ketdi...

Atrofimiz mikrob-u viruslarga to'la muhitda, doim o'zimiz, kiyimlarimiz, oziq-ovqatimiz, hatto, hayvonlarimizni toza saqlash uchun har xil "sredstvo"lardan foydalanamiz. Ammo, eng kerakli yordamchilarimiz telefon va kompyuterlarimizga virus tushib qolganda, ularni eng kuchli tozalagichda ishqalab yuvish ham foyda bermaydi.

Albatta, bunday vaziyatda bizga antiviruslar yordamga keladi! Hozirgi vaqtda viruslarni yo'qotish uchun ko'pgina usullar ishlab chiqilgan va bu usullar bilan ishlaydigan dasturlar antiviruslar deb ataladi. Qo'llanish usuliga ko'ra, ular quyidagilarga bo'linadi:
detektorlar;
– faglar;
– vaksinalar;
– privivka;
– filtrlar va
– revizorlar.
Bularning har biri alohida vazifa bajarishadi. Eng muhimi, yangi viruslarning to'xtovsiz paydo bo'lib turishini hisobga olib, antivirus bazalarini doimiy ravishda yangilab turish lozim.

Siz qaysi antivirus dasturidan foydalanasiz?

Site | Telegram| Facebook | Instagram
3.1K views13:12
Ochish/sharhlash
2022-08-15 18:02:27
Epson VS Canon: Gigantlar dueli

Texnik inqilob jahon bozorida yashab qolishni istagan kompaniyalarni oʻz ustida ishlashga majbur etdi. Mashhur raqobatchilar orasidagi ikki gigant – “Canon” va “Epson” dueli oradan yillar oʻtsa hamki, haligacha davom etib keladi. Ularning ikkisi ham foydalanuvchilar orasida mashhurlikka erisha olgan, obroʻ va eʼtibor orttirgan.

“Epson” bugungi kunda printerlar, skanerlar, proyektorlar va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. U proyektorlar bozoridagi №1 brend hisoblanadi va ushbu nomni 10 yildan beri qoʻldan boy bermay kelmoqda.

“Canon” brendining dunyo boʻylab 198 ta kompaniyasi mavjud, umumiy savdo aylanmasi yiliga 29 mlrd dollarni tashkil etadi. Kompaniya printerlar, kompyuterning tashqi qurilmalari, nusxa olish apparatlari, shuningdek foto va videokameralar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.

Siz ushbu kompaniyalarning qaysi biriga tegishli mahsulotlar sifatli va ishonchliroq deb oʻylaysiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
3.4K views15:02
Ochish/sharhlash
2022-07-07 11:02:13
YouTube 2005-2021: Statistik natijalar bilan tanishamiz

2005
— sobiq PayPal xodimlari Chad Harli, Stiv Chen va Javid Karim YouTubega asos solishdi.
Yil oxirida platforma 20 million faol foydalanuvchilarga ega bo'ldi.

2006 — Google YouTube'ni $1.65 millionga sotib oldi.

2014 — reklamalarni bloklovchi YouTube premium ishga tushirildi.

2020 — YouTube Premium va YouTube Music foydalanuvchilari soni 30 millionga yetdi.

2021-yil statistikalarini esa karusel postlarda taqdim etdik

O'zbek tilidagi eng mashhur YouTube kanallardan qaysilarini kuzatishni maslahat berasiz? Izohlarda yozib qoldiramiz

Site | Telegram | Facebook | Instagram
16.5K views08:02
Ochish/sharhlash
2022-07-04 18:00:09
Qaysi platformalardan ko‘proq foydalanasiz?
Anonymous Poll
75%
Telegram
12%
Instagram
7%
Youtube
2%
Tik Tok
1%
Facebook
1%
Twitter
1%
Odnoklassniki
0%
Bigo live
1%
Whatsapp
1%
Viber
5.0K voters14.8K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-07-01 10:00:54
Har yili butun dunyodagi kompaniyalar ma'lum doira vakillari hisobiga o'z byudjetini boyitib boradi. Misol uchun, ayollar sevadigan Shanel, IT sohasi vakillari uchun Apple, Microsoft, mashina ishqibozlari uchun esa Ferrari, BMW, TOYOTA va shu kabilar.

Albatta, bu cho'ntakka qarab amalga oshadi. Biroq butun dunyoning eng "boy" qatlami hisoblangan talabalar ham bir kompaniya brendini har yili boyishiga yordam berar ekan.
Qaysi kompaniya ekanligiga qiziqdingizmi?
Karusel orqali barchasini bilib oling.

Site | Telegram | Facebook | Instagram
13.4K views07:00
Ochish/sharhlash
2022-06-30 07:00:57
Krem ishlab chiqarishdan to texnologiya gigantligigacha...

Kompaniya qisqartma nomiga "Life's Good"("Hayot yaxshi") nomini tanitishga harakat qildi, shiorni reklamalariga va hattoki telefonlaridagi ringtonlariga ham bergan. Bu "чёрний пиар" bo'lganmi? Aslidachi, "LG" qisqartmasi qanday ma'no anglatadi?

Bugungi kunga qadar 3 ta yo‘nalishga ega kompaniya — elektronika, telekommunikatsiya va kosmetika.

Egiluvchan displeyli birinchi smartfon yaratuvchisi sifatida tarixga kirgan kompaniya.

LGning asosiy raqobatchisi qaysi brend deb o'ylaysiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
13.3K views04:00
Ochish/sharhlash
2022-06-28 17:29:56
OK, Google: “Google” dasturchilarining maoshi qancha?

“Google” koʻplab dasturchilar orzu qilgan va ish faoliyatini olib borish uchun dunyodagi eng yaxshi joylardan biri deya tan olingan kompaniya. “Google”ning 40 dan ortiq mamlakatlarda 70 dan oshiq ofislari mavjud. Kompaniya xodimlarining umumiy soni 50 000 kishidan oshadi.

“Google” kompaniyasida ishlovchi xodimlar uchun rahbariyat tomonidan barcha sharoitlar yaratiladi. Ularga bepul oziq-ovqat, oʻyin xonalaridan foydalanish imkoniyati va hattoki kir yuvish xizmati taqdim etiladi. Bundan koʻzlangan maqsad dasturchilarning qimmatli vaqtini maishiy muammolar bilan band qilib qoʻymaslikdir.

“Google” dasturchilarining oʻrtacha yillik maoshi 120 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Siz ham “Google” kompaniyasida ishlashni istagan boʻlarmidingiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
11.2K viewsedited  14:29
Ochish/sharhlash