Get Mystery Box with random crypto!

Epson VS Canon: Gigantlar dueli Texnik inqilob jahon bozori | Infoshop

Epson VS Canon: Gigantlar dueli

Texnik inqilob jahon bozorida yashab qolishni istagan kompaniyalarni oʻz ustida ishlashga majbur etdi. Mashhur raqobatchilar orasidagi ikki gigant – “Canon” va “Epson” dueli oradan yillar oʻtsa hamki, haligacha davom etib keladi. Ularning ikkisi ham foydalanuvchilar orasida mashhurlikka erisha olgan, obroʻ va eʼtibor orttirgan.

“Epson” bugungi kunda printerlar, skanerlar, proyektorlar va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. U proyektorlar bozoridagi №1 brend hisoblanadi va ushbu nomni 10 yildan beri qoʻldan boy bermay kelmoqda.

“Canon” brendining dunyo boʻylab 198 ta kompaniyasi mavjud, umumiy savdo aylanmasi yiliga 29 mlrd dollarni tashkil etadi. Kompaniya printerlar, kompyuterning tashqi qurilmalari, nusxa olish apparatlari, shuningdek foto va videokameralar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.

Siz ushbu kompaniyalarning qaysi biriga tegishli mahsulotlar sifatli va ishonchliroq deb oʻylaysiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram