Get Mystery Box with random crypto!

Oyijon, '2v1' shampunda sigiriz yaltillab ketdi... Atrofimi | Infoshop

Oyijon, "2v1" shampunda sigiriz yaltillab ketdi...

Atrofimiz mikrob-u viruslarga to'la muhitda, doim o'zimiz, kiyimlarimiz, oziq-ovqatimiz, hatto, hayvonlarimizni toza saqlash uchun har xil "sredstvo"lardan foydalanamiz. Ammo, eng kerakli yordamchilarimiz telefon va kompyuterlarimizga virus tushib qolganda, ularni eng kuchli tozalagichda ishqalab yuvish ham foyda bermaydi.

Albatta, bunday vaziyatda bizga antiviruslar yordamga keladi! Hozirgi vaqtda viruslarni yo'qotish uchun ko'pgina usullar ishlab chiqilgan va bu usullar bilan ishlaydigan dasturlar antiviruslar deb ataladi. Qo'llanish usuliga ko'ra, ular quyidagilarga bo'linadi:
detektorlar;
– faglar;
– vaksinalar;
– privivka;
– filtrlar va
– revizorlar.
Bularning har biri alohida vazifa bajarishadi. Eng muhimi, yangi viruslarning to'xtovsiz paydo bo'lib turishini hisobga olib, antivirus bazalarini doimiy ravishda yangilab turish lozim.

Siz qaysi antivirus dasturidan foydalanasiz?

Site | Telegram| Facebook | Instagram