Get Mystery Box with random crypto!

#ga_maktublar Bir shahar, bir qishloq bagʻrida Unchalik uzoqma | Ijodiyot

#ga_maktublar
Bir shahar, bir qishloq bagʻrida
Unchalik uzoqmas oramiz...
Hasratdan uy yasab gohida
Yolgʻizlik shahriga boramiz

Boramiz, men sensiz, sen mensiz
Koʻrmoqqa topilmas choramiz...
Ne uchun araz bor bilmaymiz
Chidolmay boshimiz yoramiz...

Qoʻy endi, dunyoda beayb kim?
Hammamiz banda-bechoramiz
Kel, yana dunyoni unutib
Sevgining shahriga boramiz...

Samijon Juraqulov

@ijodiyot1