Get Mystery Box with random crypto!

Ona haqda sheʼr Ona... Yotib olay oyoqlaringga Indama. Unutay | Ijodiyot

Ona haqda sheʼr

Ona... Yotib olay oyoqlaringga
Indama. Unutay dunyo gʻamini,
Toʻldiray hayotim koʻsti kamini
Yoqayin shodlikning oʻchgan shamini
"Bolam de"- pichirla quloqlarimga...

Beozor boʻlmadim goʻdakligimda
"Beozorim" deding ichdim qoningni
Qoʻlimga tutqazding yeyar noningni
Bugun...
Bugun sogʻintirdim qiynab joningni
Ona, Yotib olay oyoqlaringga...

Qara, yorilibdi tovonginang ham
Meni deb shu holga tushganlaring rost
Kulganimda koʻkka uchganlaring rost
Yomgʻirdan panalab quchganlaring rost
Ona, yotib olay oyoqlaringga

Ona oʻzi bitta...
Ikki dunyomdamda ham oʻzing yagonam
Tabassuming uchun jonimni beray
Yelkamda koʻtaray, boshda koʻtaray
Agarda yoʻq desang munisim onam
Mayli, yotib olay oyoqlaringga

Samijon Juraqulov

@ijodiyot1