Get Mystery Box with random crypto!

“Meni hali eslab yurasiz”, — dedi bir ayol. “Yo'q, — dedi u. — | Ijodiyot

“Meni hali eslab yurasiz”, —
dedi bir ayol.
“Yo'q, — dedi u. — Sizni
eslaydiganlar juda ko'p.
Men esa, hech kimi yo'q
bir ayolni eslayman,
Xudo xoxlasa;
hech kimi yo'q
bir ayolni sog'inaman,
Xudo xohlasa”.
Tashqarida —
xazon yog'ar.
“Qaysi yilning xazoni?
Bu suhbat
qaerdan keldi?
Nega buncha g'ussali? Nega
birdan sog'inch o'rtadi jonimni?
Hech kimi qolmadimikan u ayolning?
Bir o'zi yurganmikan dunyoda tentirab?
Izlab borsammikan?..”
Tashqarida —
Xazon. Shamol.
Kuz yomg'iri.
Nimalarni
xohlayapti
Parvardigor?
Yo'l esa,
uncha olis emas:
o'ttiz besh kuzakdan
o'tilsa,
bo'ldi.

Usmon Azim

@ijodiyot1