Get Mystery Box with random crypto!

#ga_maktublar Yozay deyman, yoza olmayman Sen tomonga ikki j | Ijodiyot

#ga_maktublar

Yozay deyman, yoza olmayman
Sen tomonga ikki jumla xat...
Qogʻoz uni koʻtarolmaydi
Yonib ketar, kul boʻlib ketar...

Aytay deyman, ayta olmayman
Sen tomonga ikki jumla soʻz.
Tilim uni soʻzlay olmaydi,
Tonib ketar, gung boʻlib ketar...

Boray deyman, bora olmayman
Sen tomonga ikki qadam. Bas,
Oyoqlarim yura olmaydi
Sinib ketar, yoʻq boʻlib ketar

Boʻldi seni oʻylamayman hech,
Oʻz kuningga baxtli boʻl dildor.
Ikkimizning hayotimiz ham
Yashnab ketar, gul boʻlib ketar...

Samijon Juraqulov

@ijodiyot1