Get Mystery Box with random crypto!

#ga_maktublar Muhabbatni erga berdi, Muhabbatni Muhabbatxon | Ijodiyot

#ga_maktublar

Muhabbatni erga berdi, Muhabbatni
Muhabbatxon yerga berdi muhabbatni
Yuragimni shagʻam qilib yoqib ketdi
Alam qildi, sheʼrga berdim muhabbatni.

Jim ketsang ham boʻlar edi, ey bevafo
Yor yor aytdi koʻchalarim toʻlib ketdi.
Yugurganmas, buyurganga nasib ekan
Qoʻl yetmadi bir begona ilib ketdi.


Onam aytdi: bitta qizga shuncha gʻavgʻo
Boʼldi endi men ham sening baxting koʻray.
Taqdir ekan qoʻy yigʻlama bolajonim
Alam qilsin, qoʻshnisini olib beray".

Muhabbatni erga berdi, Muhabbatni
Muhabbatxon yerga berdi, muhabbatni.
Sevgim bilan yashay dedim bir umrga
Vafodor deb sheʼrga berdim muhabbatni.


Samijon Juraqulov

@ijodiyot1