Get Mystery Box with random crypto!

#ga_maktublar Yaradorsan ona tabiat Burningda qon, nafasing | Ijodiyot

#ga_maktublar

Yaradorsan ona tabiat
Burningda qon, nafasing qora
Bir sen emas, oq sochli onam
Butun dunyo farzanding yara...

Yaradorsan, mushfiq munisim
Koʻzingda yosh, siynangda sut yoʻq.
Yuragingga olmagin soʻzim,
Bolalaring baʼzisi duduq

Yaralama dilni, yigʻlama
Darding ayon, oshkora menga
Bulari hech, hali qarab tur,
Ancha tovon toʻlaymiz senga..

Yaradorsan, quchoqqinang chok
Koʻzlaring ham qizarib qolgan.
Yer yuzida qancha zamondosh
Oʻzginangdan namuna olgan...

Senga oʻxshar maʼyus boqishi...

Samijon Juraqulov

@ijodiyot1