Get Mystery Box with random crypto!

It’s Javohir

Telegram kanalining logotibi ieltslangujavohir — It’s Javohir I
Telegram kanalining logotibi ieltslangujavohir — It’s Javohir
Kanal manzili: @ieltslangujavohir
Toifalar: Musiqa
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 16

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-05-25 20:40:06 ​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​ Present perfect - Hozirgi tugallangan zamon

Ingliz tilidagi zamonlarning turlaridan yana biri present perfect deyiladi. Biror voqea o'tmishda boshlanib, hozir tugagan holat. Yoki oldinroq sodir bo'lgan, hozir ma'lum bo'lgan. Demak, o’tgan zamonda bajarib tugatilgan va natijasi hozirgi zamonda ko’rinib turgan ish-harakatga nisbatan present perfect ishlatiladi.

Bu zamonni ifodalash uchun egadan so'ng have/has so'zlarini ishlatib, harakat so'zlariga ied/ed/d o'tgan zamon qo'shimchalaridan birini qo'shamiz.
Formulasi:
Ega+have/has+V3(ied,ed,d)

Misol:
I have cleaned my shoes
- Men poyafzalimni tozaladim.
(Ya'ni, hozirgina tozalab bo'ldim, kecha yoki undan oldin emas, yaqin vaqt oralig'ida tozaladim.)

Saida has lost her passport – Saida pasportini yo’qotdi (natijada hozir uning pasporti yo’q – natija hozirgi zamonda ko’rinib turibdi, ish harakatning qachon bajarilganligi esa aytilmayapti).

Temur has bought a new car – Temur yangi mashina sotib oldi
(natijada hozir u yangi mashina minib yuribdi. Qachon sotib olgan? Vaqti ko’rsatilmayapti. Lekin natija hozirgi zamonda ko’rinib turibdi!).

Present perfectda irregular fe'llarning uchinchi ko'rinishi ishlatiladi.

Noto'g'ri fe'llar uch xil ko'rinishda bo'lishini aytib o'tganmiz:
1. Infinitiv
2. Past simple
3. Past participle

Masalan, past participleda "go" - gone bo'ladi. Ba'zi noto'g'ri fe'llarning 2- va 3-ko'rinishlari bir xil bo'lsa, ba'zilari uchchala formati uch xil bo'ladi.

Quyida o'sha noto'g'ri fe'llarning ba'zilarini keltiramiz:
be (am/is/are) - was/were - been
read - read - read
make - made - made
break - broke - broken
build - built - built
buy - bought - bought
do - did - done
drive - drove - driven.


23 views , 17:40
Ochish/sharhlash
2022-05-17 10:21:40
Look, the cat ___ milk
Anonymous Quiz
78%
Is drinking
22%
Drinking
0%
Drink
9 voters33 views , 07:21
Ochish/sharhlash
2022-05-17 10:20:11
Let’s ___ New York
Anonymous Quiz
0%
Going
78%
Go to
22%
Going to
9 voters29 views , 07:20
Ochish/sharhlash
2022-05-17 10:18:55
She goes to work by ____ bike
Anonymous Quiz
25%
a
0%
an
75%
_
8 voters28 views , 07:18
Ochish/sharhlash
2022-05-17 10:15:34 ​​​​​​​​​ Present Continuous (question) — Hozirgi davomli zamon (so'roq shakli)

Hozirgi davomli zamondagi gaplarda so’roq shaklini yasash uchun «to be» fe’li egadan oldinga o’tkaziladi. Quyida berilgan gaplarda so’roq shaklini hosil qilish uchun formuladagi «to be» fe’li egadan oldinga o’tkazilganligiga e’tibor bering:

Am I reading this? – Men buni o’qiyapmanmi?

Is Temur playing tennis? – Temur tennis o’ynayaptimi?

Are you reading a book? – Siz kitob o’qiyapsizmi?

Are they working in the garden? – Ular bog’da ishlayaptimi?


Formuladagi ko'rinishi:
TO BE+EGA+FE’L+ING?

Quyida hozirgi davomli zamonda ifodalangan bitta gapning darak, so’roq va inkor shakllarini yasaymiz:

Darak gap: Temur is playing tennis now. – Temur hozir tennis o’ynayapti.

So'roq gap: Is Temur playing tennis now? – Temur hozir tennis o’ynayaptimi?

Inkor gap: Temur is not playing tennis now. – Temur hozir tennis o’ynamayapti.

Fe'llarning davomli zamondagi gaplarda ishlatilishiga oid eslatma:

Agar fe'l bitta -e harfi bilan tugasa, -ing qo'shimchasidan oldin bu -e tushirib qoldiriladi:
| hate — hating, take — taking.

Agarda fe'l -ee harflari bilan tugasa, hech qanday o'zgarish bo'lmaydi. -ing qo'shimchasi asosiy fe'lga qo'shiladi:
| see — seeing, agree — agreeing.

Agar oxirgi undosh harfdan avval qisqa unli tursa, -ing qo'shimchasini qo'shganda so'nggi undosh ikkilanadi:
| run - running, swim - swimming.

Quyidagi gaplarni ingliz tilida yozing.
Men ishlayapmanmi?
U kino ko'ryabdimi?
Biz ovqatlanyabmizmi?
Siz eshityabsizmi?
Ular (piyoda) sayr qilishyabdimi?

28 views , 07:15
Ochish/sharhlash
2022-05-17 10:14:39 Present Continuous (negative) — Hozirgi davomli zamon (inkor shakli)

Formuladagi ko'rinishi:
EGA+TO BE+NOT+FE’L+ING

Misollar:
Temur is not playing football – Temur futbol o’ynamayapti.

(Bu yerda «Temur»=ega, «is»=egaga nisbatan «to be» fe’lining hozirgi zamon shakli, «not» inkor yuklamasi, «play»=fe’l va unga qo’shilgan «-ing»=o’zbek tilidagi «-yapti» qo’shimchasi. Gap ish-harakatning hozir davom etib turganligini bildiradi.)

Mana bu gaplar hozirgi davomli zamon inkor shaklida ifodalangan:

Men kitob o’qimayapman (hozir, gapirayotgan vaqtimda kitob o’qimayapman);

Anora qo‘shiq eshitmayapti (hozir, so’zlovchi gapirayotgan vaqtning o’zida Anora qo‘shiq eshitmayapti);

Hozirgi davomli zamon gaplarida inkor shaklini yasash uchun «to be» fe’lidan keyin «NOT» («emas») inkor yuklamasini qo’yamiz deb aytib o‘tdik.
Quyida berilgan gaplarda «to be» fe’li shakllari (am, is are)dan keyin «NOT» inkor yuklamasini qo’yish orqali inkor, bo’lishsiz gaplar hosil qilinayotganligiga e’tibor bering:

I am not doing anything – Men hech narsa qilmayapman;

She is not doing her homework – U uyga vazifasini bajarmayapti;

You are not listening to me – Siz meni tinglamayapsiz;

They are not working in the garden – Ular bog’da ishlamayapti.

Quyida hozirgi davomli zamonda ifodalangan bitta gapning darak va inkor shakllarini yasaymiz:
Temur is playing tennis now. – Temur hozir tennis o’ynayapti. (darak)
Temur is not playing tennis now.Temur hozir tennis o’ynamayapti. (inkor)

Boshqa misollar:

I am not reading a book
- Men kitob o’qimayapman.

I am not speaking now
- Men hozir gapirmayapman.

She is not speaking now
- U hozir gapirmayapti.

We are not speaking now
- Biz hozir gapirmayapmiz.

They are not speaking now
- Ular hozir gapirmayaptilar.

Quyidagi gaplarni ingliz tilida yozing.
Men ishlamayapman.
U kino ko'rmayabdi.
Biz ovqatlanmayabmiz.
Siz eshitmayabsiz.
Ular (piyoda) sayr qilishmayabdi.

27 views , 07:14
Ochish/sharhlash
2022-05-17 10:14:02 ​​​​​​​​​​ Present Continuous — Hozirgi davomli zamon

Present Continuous — so’zlovchi gapirib turgan vaqtda, hozirgi zamonda davom etib turgan ish-harakatga nisbatan ishlatiladi. Hozirgi davomli zamonda ifodalangan gaplar ingliz tilidan o’zbek tiliga ko’pincha «-yapti» qo’shimchasi orqali tarjima qilinadi.

Mana bu gaplar hozirgi davomli zamonda ifodalangan:

Men kitob o’qiyapman (hozir, gapirayotgan vaqtimda kitob o’qiyapman);

Temur futbol o’ynayapti (hozir, so’zlovchi gapirayotgan vaqtning o’zida Temurning futbol o’ynashi davom etib turibdi);

Biz suhbatlashayapmiz (suhbatlashishimiz hozirgi vaqtda davom etib turibdi).


"Present Continuous" darak shaklining yasalishi

Hozirgi davomli zamonning darak shakli to be yordamchi fe'lining hozirgi zamon shakllari (am, is, are) va -ing qo'shimchasini o'ziga olgan fe'l orqali yasaladi. Formuladagi ko'rinishi:

EGA+TO BE+FE’L+ING
ya'ni
I am + fe'l + V ing
He/She/It is + fe'l + V ing
They/We/You are + fe'l+ V ing


Misollar:
Temur is playing football – Temur futbol o’ynayapti.

(Bu yerda «Temur»=ega, «is»=egaga nisbatan «to be» fe’lining hozirgi zamon shakli, «play»=fe’l va unga qo’shilgan «-ing»=o’zbek tilidagi «-yapti» qo’shimchasi. Gap ish-harakatning hozir davom etib turganligini bildiradi.)

Boshqa misollar

I am reading a book
- Men kitob o’qiyapman.

I am speaking now
- Men hozir gapiryapman.

She is speaking now
- U hozir gapiryapti.

We are speaking now
- Biz hozir gapiryapmiz.

They are speaking now
- Ular hozir gapiryaptilar.

Quyidagi gaplarni ingliz tilida yozing.
Men ishlayabman.
U kino ko'ryabdi.
Biz ovqatlanyabmiz.
Siz eshityabsiz.
Ular (piyoda) sayr qilishyabdi.


30 views , 07:14
Ochish/sharhlash
2022-05-15 22:43:13 #Yod_oling
Oila va qarindosh urug'chilik bilan bog'liq so'zlar

Family - Oila
Parents - ota ona
Father - ota
Mother - ona
Sister - opa, singil
Brother - aka, uka
Son - o'g'il
daughter - qiz
Grandfather - bobo
Grandmother - buvi
Granchildren - nabiralar
Grandson - nabira(o'g'il)
Granddaughter - nabira(qiz)
Uncle - amaki, tog'a
Aunt - xola, amma
Nephew - jiyan
Niece - jiyan(qiz)
Bridegroom - kuyov
bride - kelin
Husband - er
wife - xotin
To adopt - o'g'il qilib olmoq
Adopted child - asrandi bola
Aged - keksa
Ancestor - ota-bobo, ajdod
Baby - chaqaloq
Birth - tug'ilish
To bring up - tarbiyalamoq
Childhood - bolalik
Domestic - oilaviy
First-born - to'ng'ich
Generation - avlod
To give birth to - tug'moq
Guardian - vasiy
Heir - merosxo'r
Heiress - merosxo'r
Honeymoon - uylangandan keyingi birinchi oy(asal oyi)
Host - uy egasi(sohib)
Hostess - uy bekasi(sohiba)
Orphan - yetim
Pet - erka
Relative - qarindosh
Stepdaughter - o'gay qiz
Stepson - o'gay o'g'il
Stepfather - o'gay ota
Stepmother - o'gay ona
Twins - egizaklar
Wedding - to’y
31 views , 19:43
Ochish/sharhlash
2022-05-15 22:42:13
___ I smoke here?
Anonymous Quiz
25%
Must
13%
Need
63%
May
8 voters33 views , 19:42
Ochish/sharhlash
2022-05-15 22:40:36
I’m looking for __ job
Anonymous Quiz
67%
a
33%
an
0%
the
9 voters31 views , 19:40
Ochish/sharhlash