Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​​​​ Present Continuous (question) — Hozirgi davomli zam | It’s Javohir

​​​​​​​​​ Present Continuous (question) — Hozirgi davomli zamon (so'roq shakli)

Hozirgi davomli zamondagi gaplarda so’roq shaklini yasash uchun «to be» fe’li egadan oldinga o’tkaziladi. Quyida berilgan gaplarda so’roq shaklini hosil qilish uchun formuladagi «to be» fe’li egadan oldinga o’tkazilganligiga e’tibor bering:

Am I reading this? – Men buni o’qiyapmanmi?

Is Temur playing tennis? – Temur tennis o’ynayaptimi?

Are you reading a book? – Siz kitob o’qiyapsizmi?

Are they working in the garden? – Ular bog’da ishlayaptimi?


Formuladagi ko'rinishi:
TO BE+EGA+FE’L+ING?

Quyida hozirgi davomli zamonda ifodalangan bitta gapning darak, so’roq va inkor shakllarini yasaymiz:

Darak gap: Temur is playing tennis now. – Temur hozir tennis o’ynayapti.

So'roq gap: Is Temur playing tennis now? – Temur hozir tennis o’ynayaptimi?

Inkor gap: Temur is not playing tennis now. – Temur hozir tennis o’ynamayapti.

Fe'llarning davomli zamondagi gaplarda ishlatilishiga oid eslatma:

Agar fe'l bitta -e harfi bilan tugasa, -ing qo'shimchasidan oldin bu -e tushirib qoldiriladi:
| hate — hating, take — taking.

Agarda fe'l -ee harflari bilan tugasa, hech qanday o'zgarish bo'lmaydi. -ing qo'shimchasi asosiy fe'lga qo'shiladi:
| see — seeing, agree — agreeing.

Agar oxirgi undosh harfdan avval qisqa unli tursa, -ing qo'shimchasini qo'shganda so'nggi undosh ikkilanadi:
| run - running, swim - swimming.

Quyidagi gaplarni ingliz tilida yozing.
Men ishlayapmanmi?
U kino ko'ryabdimi?
Biz ovqatlanyabmizmi?
Siz eshityabsizmi?
Ular (piyoda) sayr qilishyabdimi?