Get Mystery Box with random crypto!

IELTS Centre

Telegram kanalining logotibi ielts_centre — IELTS Centre I
Telegram kanalining logotibi ielts_centre — IELTS Centre
Kanal manzili: @ielts_centre
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.54K
Kanalning ta’rifi

🏢 "IELTS CENTRE"
IELTS imtihoniga oid kerakli materiallar, foydali maslahatlar va yangiliklar berib boriladi.
Aloqa uchun: @ieltsuz_bot
Reklama xizmati:️
@reklama_servis

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-25 18:28:13 Intonatsiya uch xil shaklda bo’ladi: rising, falling, and circumflex.

Rising intonation
(ohangning ko’tarilishi) savol so’ralganda yoki biror ro’yxat sanab o’tilganda ishlatiladi. Masalan:

When does the meeting start?
Would you like a cup of tea?
I’d like some eggs , some milk , some cheese and some bread .

E'tibor bering: ro’yxatning oxiridagi so’z (bread) esa pasaytirilgan ohang bilan talaffuz qilinadi.

A Falling intonation (Ohangning pasayishi) buyruq berilganda yoki oddiy gaplarning oxirida ishlatiladi. Misol uchun:

That’s a wonderful book.
Put that on the table.

Circumflex inflection biror bir hikoya aytayotganingizda yoki avvalroq aytgan gapingizga ishora qilganingizda ishlatiladi. Masalan:

Yesterday we went shopping to buy some products . The products which we bought were very fresh.

Siz yuqorida keltirilgan misollarni qanday talaffuz qilinishini eshitmas ekansiz, intonatsiya haqida to'liq tasavvurga ega bo'la olmaysiz. Shunday ekan, quyidagi videoni albatta tomosha qiling.

@ielts_centre
376 views15:28
Ochish/sharhlash
2022-08-25 12:13:08
#Listening
IELTS LISTENING PRACTICE TEST 2021 WITH ANSWERS | 19.08.2022

@ielts_centre
325 views09:13
Ochish/sharhlash
2022-08-24 09:17:52
Stress-timed and syllable-timed pronunciation

@ielts_centre
397 views06:17
Ochish/sharhlash
2022-08-24 09:17:52 Intonation patterns

Tillar talaffuzi ikki xil bo’ladi: syllable-timed (bo’g’inga asoslangan) yoki stress-timed (urg’uga asoslangan).

Syllable-timed tillarda gap ichidagi har bir so’z talaffuz qilinadi va gapda qancha so’zlar ko’p bo’lsa, u shuncha uzun talaffuz qilinadi. Masalan, o’zbek tili shu turkumga oid bo’lib so’zda qancha bo’g’in ko’p bo’lsa, uni aytish uchun shuncha vaqt talab qilinadi. O’zbek tilida gaplar talaffuzida ham shu jihatni kuzatish mumkin.

Ingliz tili esa stress-timed til hisoblanadi, ya’ni unda gapda nechta so’z yoki so’zda nechta bo’g’in borligi emas, balkim urg’u tushgan bo’g’inlar va so’zlar soni gapning qisqa yoki uzun talaffuz qilinishini belgilaydi.

Urg’u tushgan bo’laklar goh baland ovoz bilan, goh cho’zibroq va eng muhimi qolgan bo’laklardan ancha tushunarli holda talaffuz qilinadi. Urg'u tushmagan bo’laklar esa juda qisqa va tez talaffuz qilinadi. Shuning uchun ham, ba’zida inglizlarni tinglayotgan vaqtimizda ular xuddiki ba’zi so’zlarni yutib yuborayotgandek tuyulaveradi.
Quyidagi misolga e’tibor bering:

I WANT to go for a WALK.

Ushbu gapda ajratib ko’rsatilgan ikkita so’z aniq va tiniq talaffuz qilinadi, boshqa so’zlar talaffuzi esa qisqarib ketadi.

Talaffuzni yozuv orqali o’rganish mantiqsiz, shuning uchun ham albatta quyidagi videoni ko’rishingiz kerak. Unda berilgan bir nechta misollarni diqqat bilan tinglang va takrorlashga harakat qiling.

@ielts_centre
403 views06:17
Ochish/sharhlash
2022-08-23 08:02:10
[e pis of keyk] or [e pis e keyk]?

Watch the video to find out the answer!

P.S. I am gonna go crazy because of this wierd English pronunciation!

@ielts_centre
436 views05:02
Ochish/sharhlash
2022-08-22 17:32:39
Intrusive “r” (yashirin “r”)

Talaffuzing ko’p ham aytilavermaydigan nyuanslarini tanishtirishda davom etamiz. Bugun sizlar bilan yashirin “r” haqida gaplashamiz.

Nega yashirin?

Chunki bu “r” tovushda so’z yozilganda ishlatilmaydi, faqat talaffuz davomida nutqimizga yashirin tarzda kirib oladi.

Qachonki nutqda bir so’z unli tovush bilan tugab, undan keyin kelayotgan so’z ham unli bilan boshlansa, bu ikki so’zni qo’shib talaffuz qilish uchun ular o’rtasida kichik “r” tovushi qo’shib yuboriladi. Masalan:

1. Lia is [Lia r iz]

2. I saw a ghost! [Ay soo re gos]

3. Law and order [loo ren ode]

4. Draw a circle [dro re sookl]

5. Flaw in her argument [floor in…]

P.S. Shu narsani aytib o'tish muhimkin, yashirin "r" asosan hozirgi kunda Buyuk Brintaniyada keng qo'llaniladigan aksentlarda ishlatiladi. AQSH da bunday talaffuz shakli nisbatan kamroq, va ularni asosan Nyu York va Nyu Jersey kabi hudularda kuzatish mumkin.

@ielts_centre
445 views14:32
Ochish/sharhlash
2022-08-21 11:46:42
Barchamizga maktabdayoq talaffuzga oid bir qoidani ko'p ta'kidlashgan: “Ingliz tilini britaniyacha tallafuz qilganda, so’z oxiridagi “r” tovushi tallafuzda ishtirok etmaydi”.

Ammo, bu haqiqatga qanchalik yaqin? Inglizlar nutqini tinglayotganingizda, ular so’zlar oxirida “r” tovushini tez-tez ishlatishini sezasiz. Nega bunday? Axir, bu tallafuz qoidasiga zid-ku?!

So’zlar oxirida ba’zan “r” tovushini tallafuz qilinishini sababi shuki, qachonki birinchi so’z “r’ tovushi bilan tugasa va ikkinchi so’z unli tovush bilan boshlansa, “r” tovushi ikkita so’zni bir biriga bog’lash uchun ishlatiladi va tallafuzda tushib qolmaydi.

Quyidagi misollarga etibor bering:

1. War and peace [uvo ren piis]
2. Mother-in-law [ maze rin loo]
3. Tower of London [ tave ref Landin]
4. In your eye [ in yo ray]
5. Never again [ neve regeyn
]

@ielts_centre
453 views08:46
Ochish/sharhlash
2022-08-20 18:53:42 @ielts_centre
427 views15:53
Ochish/sharhlash
2022-08-20 18:53:42 Dear subscribers!

I found a very useful channel which posts audio versions of best-sellers !

Audio books are the best solution to let your eyes rest from books and screens but at the same time to keep feeding your brain!

Such books will certainly improve not only your listening skills but also your outlook as well! Check this channel below!

@ielts_centre
417 views15:53
Ochish/sharhlash
2022-08-20 07:17:03
Quyidagi birikmalar talaffuzida assimiliyatsiya jarayoni oqibatida qanday o'zgarishlar bo'layotganiga e'tibor bering. Ularni yaxshiroq o'rganib olish uchun videoni bir necha marotaba tomosha qiling,

1. Bless you! [Blesh yu!]

2. Dress shoes [dresh shuez] (a type of shoes worn with formal clothes)

3. What makes you angry? [Uvot meykesh yu engri?]

4. Nice to meet you! [Nays tum ich yu!]

5. Where did you get your top? [Uvee dij yu gech ye top?]


@ielts_centre
431 views04:17
Ochish/sharhlash