Get Mystery Box with random crypto!

Intonation patterns Tillar talaffuzi ikki xil bo’ladi: syll | IELTS Centre

Intonation patterns

Tillar talaffuzi ikki xil bo’ladi: syllable-timed (bo’g’inga asoslangan) yoki stress-timed (urg’uga asoslangan).

Syllable-timed tillarda gap ichidagi har bir so’z talaffuz qilinadi va gapda qancha so’zlar ko’p bo’lsa, u shuncha uzun talaffuz qilinadi. Masalan, o’zbek tili shu turkumga oid bo’lib so’zda qancha bo’g’in ko’p bo’lsa, uni aytish uchun shuncha vaqt talab qilinadi. O’zbek tilida gaplar talaffuzida ham shu jihatni kuzatish mumkin.

Ingliz tili esa stress-timed til hisoblanadi, ya’ni unda gapda nechta so’z yoki so’zda nechta bo’g’in borligi emas, balkim urg’u tushgan bo’g’inlar va so’zlar soni gapning qisqa yoki uzun talaffuz qilinishini belgilaydi.

Urg’u tushgan bo’laklar goh baland ovoz bilan, goh cho’zibroq va eng muhimi qolgan bo’laklardan ancha tushunarli holda talaffuz qilinadi. Urg'u tushmagan bo’laklar esa juda qisqa va tez talaffuz qilinadi. Shuning uchun ham, ba’zida inglizlarni tinglayotgan vaqtimizda ular xuddiki ba’zi so’zlarni yutib yuborayotgandek tuyulaveradi.
Quyidagi misolga e’tibor bering:

I WANT to go for a WALK.

Ushbu gapda ajratib ko’rsatilgan ikkita so’z aniq va tiniq talaffuz qilinadi, boshqa so’zlar talaffuzi esa qisqarib ketadi.

Talaffuzni yozuv orqali o’rganish mantiqsiz, shuning uchun ham albatta quyidagi videoni ko’rishingiz kerak. Unda berilgan bir nechta misollarni diqqat bilan tinglang va takrorlashga harakat qiling.

@ielts_centre