Get Mystery Box with random crypto!

Intrusive “r” (yashirin “r”) Talaffuzing ko’p ham aytilaverma | IELTS Centre

Intrusive “r” (yashirin “r”)

Talaffuzing ko’p ham aytilavermaydigan nyuanslarini tanishtirishda davom etamiz. Bugun sizlar bilan yashirin “r” haqida gaplashamiz.

Nega yashirin?

Chunki bu “r” tovushda so’z yozilganda ishlatilmaydi, faqat talaffuz davomida nutqimizga yashirin tarzda kirib oladi.

Qachonki nutqda bir so’z unli tovush bilan tugab, undan keyin kelayotgan so’z ham unli bilan boshlansa, bu ikki so’zni qo’shib talaffuz qilish uchun ular o’rtasida kichik “r” tovushi qo’shib yuboriladi. Masalan:

1. Lia is [Lia r iz]

2. I saw a ghost! [Ay soo re gos]

3. Law and order [loo ren ode]

4. Draw a circle [dro re sookl]

5. Flaw in her argument [floor in…]

P.S. Shu narsani aytib o'tish muhimkin, yashirin "r" asosan hozirgi kunda Buyuk Brintaniyada keng qo'llaniladigan aksentlarda ishlatiladi. AQSH da bunday talaffuz shakli nisbatan kamroq, va ularni asosan Nyu York va Nyu Jersey kabi hudularda kuzatish mumkin.

@ielts_centre