Get Mystery Box with random crypto!

Dangasalikni yengish uchun 3 ta maslahat 1. Payg'ambarimiz Mu | IBRAHIM GULYAMOV

Dangasalikni yengish uchun 3 ta maslahat

1. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam dangasalikdan panoh so'raganlar, biz ham panoh so'rashimiz kerak.

2. Dangasalik bo'lishiga sabab - maqsadni yo'qligi. Energiya yo'q, harakatga intilish yo'q. Miyamiz aytadiki nima qilasan harakat qilib, maqsadni o'zi bo'lmasa yotaver deydi. Ya'ni bizda harakat qilishimizga motiv yo'q, shuning uchun maqsadlar qo'yishimiz kerak. Qanchalik maqsadingiz katta bo'lsa, shuncha Alloh sizga o'sha maqsadni amalga oshirishga quvvat beradi.

3. Yaxshi olmani chirigan olmalar orasiga solsangiz u ham chirishni boshlaydi. Dangasalikni bartaraf etish uchun, dangasa odamlardan uzoqlashish kerak bo'ladi. Ular: uni qilma, erishib bo'lmaydi degan gaplar bilan sizni to'xtatib qolishadi. G'ayratli, maqsadi bor, intiluvchan odamlar davrasiga qo'shiling. Ular sizni avtomatik tarzda dangasalikdan chiqarib tashlaydi.

Siz dangasalikni yengishni yana qanday usullarini bilasiz? Kommentariyada fikrlaringizni qoldiring!

@ibrahimgulyamov