Get Mystery Box with random crypto!

TOPIK with 은혜 선생님

Telegram kanalining logotibi i_can_get_topik6 — TOPIK with 은혜 선생님 T
Telegram kanalining logotibi i_can_get_topik6 — TOPIK with 은혜 선생님
Kanal manzili: @i_can_get_topik6
Toifalar: Tillar , Maslahatlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.74K
Kanalning ta’rifi

TOPIK imtihoniga tayyorlanuvchilar uchun.
Foydali postlar https://t.me/I_can_get_TOPIK6/543
TOPIK u-n manbaalar
https://t.me/I_can_get_TOPIK6/544
Registratsiya qilib bermayman. Viza bilan ham shug‘ullanmayman. Koreyaga o‘qishga ham ishga ham yubormayman.

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-22 12:47:10 Koreyaga uzoq muddatli sayohat: talabalarga eslatma

Yaqin orada Koreyaga o‘qish uchun jo‘nab ketishi lozim bo‘lgan talabalar (nafaqat talabalar, ishchilar ham) tayyorgarlik bilan band bo‘lsalar kerak. Shu o‘rinda 선배 sifatida ular uchun muhim maslahatlarni aytib o‘tishim lozim, deb o‘yladim~ Demak, quyida sizlar bilan puxta tayyorgarlik haqida gaplashamiz~

Eng birinchi navbatda sog‘lig‘ingizdagi muammolarni bartaraf qiling~ Ayniqsa, tish doktoriga borib tishlaringizni ko‘rikdan o‘tkazing, yaxshilab davolating. Chunki Koreyada tish davolatish juda qimmat, shuningdek, uning xarajatlarini tibbiy sug‘urta qoplamaydi.

Birinchi yordam uchun kerak bo‘ladigan dorilarni ham tayyorlab qo‘ying. Bular shamollashga qarshi, isitma tushiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, ovqat hazm qildiruvchi, ich ketishi/qotishiga qarshi va hokazolar bo‘lishi mumkin. Bular nega kerak, Koreyada dori yo‘qmi? Bor, albatta. Faqat dorini sinalgani yaxshi)

O‘zingizga mos tushadigan shampun, kremlar va boshqa shaxsiy gigiena vositalaridan olish ham yodingizdan chiqmasin. Koreyaga kelib to joylashib bu yerdagi vositalarga ko‘nikib ketgunga qadar kerak bo‘ladi. Yana kundalik kerakli gigienik vositalaringiz bo‘lsa birinchi kunlardanoq ko‘p harajat qilishning oldini olgan bo‘lasiz.

Koreyscha uslubda kiyinaman, ko‘p kiyimlar sotib olaman, desangiz u darajada ko‘p kiyim olmang. Bir sidra olsangiz yetadi. O‘zbekistonda olganlaringizni kiygingiz kelmay qolishi mumkin. @Uzbek_EunHee
Biroq, o‘ziga xos tana tuzilishiga ega bo‘lganlar, shuningdek, hijobdagi qizlar o‘zlariga mos kiyimlardan ko‘proq olvolishlari zarar qilmaydi. Bu yerda topish qiyin bo‘lishi mumkin.
Masalan, menga bu yerdagi ko‘ylaklar yoki juda uzun (yer supuradi) yoki juda kaltalik (kiyolmayman) qiladi. Shuning uchun menga mos uzunlikdagisini topish qiyinroq.

Quruq mevalar, pista-bodomlar olvolish ayni muddao. Sovuqligi tez oshib ketadiganlarga asal va novvot olib kelishni tavsiya qilaman. Shuningdek, har ehtimolga qarshi o‘zbekcha Rollton olvolsangiz och qolib ketmaysiz (birinchi kunlari har xil vaziyat bo‘lishi mumkin).

Sizni tinchlantiradigan/yupatadigan/kayfiyatingizni ko‘taradigan/uyni eslatadigan (va hk.) biror buyum olvoling~ Bu sevimli kitobingiz, o‘yinchoq, surat, turli esdalik buyumlar bo‘lishi mumkin. Ular o‘zingizni yolg‘iz his qilganda yoki tushkunlikka tushganda yordam beradi (men nima olib kelganimni bilsangiz kerak).

O‘zingiz bilan ma'lum miqdorda pul olib keling. Hatto grantga kirgan talabalarga ham boshida pul kerak bo‘ladi. Masalan, men GKS talabasi bo‘lsam-da tashkiliy muammolar sababli birinchi stipendiyamni ancha kech olganman (haligacha yaxshiyam o‘shanda yonimda pulim bor ekan, deb o‘ylayman).

Koreyadagilar, siz qanday tayyorgarlik ko‘rgansiz?)) Qolib ketgan tavsiyalar bo‘lsa, izohga yozishingiz mumkin ~~

@Uzbek_EunHee #foydali
_____________________________________
Do’stlaringizga ham ulashing ~
1.4K views09:47
Ochish/sharhlash
2022-07-20 15:35:54

1.3K views12:35
Ochish/sharhlash
2022-07-19 22:12:06 TOPIK saytida ro'yxatdan o'tish

Bugundan O'zbekistonda TOPIK imtihonini topshirmoqchi bo'lganlar registratsiya qilish uchun saytda shaxsiy kabinet ochishlari mumkin.

Shaxsiy kabinet ochish uchun sayt:
https://topiktashkec.uz

Shaxsiy kabinet ochish muddati: 19-iyuldan 26-iyulgacha.

Shaxsiy kabinet ochishda sizga
1)pasport yoki ID karta skaner fayli va
2)3x4 rasm kerak bo'ladi.
Rasm jpg formatda, hajmi 200 kb dan oshmagan bo'lishi kerak.

Agar sizdagi rasm hajmi katta bo'lsa internetdagi saytlar orqali rasm hajmini qisqartirishingiz mumkin.

Shunday saytlardan biri:
https://www.reduceimages.com/

Imtihonga registratsiya sanasi: 29-iyul 19:00

84-TOPIK imtihoni sanasi 16-oktyabr.
Bu safar ko'proq odam imtihon topshira olar ekan.

TOPIK I - 2 512 (83-TOPIK I 1 734)
TOPIK II - 2 572 (83-TOPIK II 1 734)

P.s. Lekin O'zbekiston uchun bu juda kam. Imtihon topshiruvchilar sonini yana ham ko'paytirish kerak.

@allimtv
1.3K views19:12
Ochish/sharhlash
2022-07-19 17:20:00

1.2K views14:20
Ochish/sharhlash
2022-07-16 20:36:25 RAR Formatni ochadigan dastur
1.5K views17:36
Ochish/sharhlash
2022-07-16 20:35:40 한국어 표준교재 (2)
EPS TOPIK imtihonini topshiruvchilar uchun darslik-qo‘llanma.
1.4K views17:35
Ochish/sharhlash
2022-07-16 20:35:40 한국어 표준교재 (1)
EPS TOPIK imtihonini topshiruvchilar uchun darslik-qo‘llanma.
1.3K views17:35
Ochish/sharhlash
2022-07-15 09:13:26

1.5K views06:13
Ochish/sharhlash