Get Mystery Box with random crypto!

TOPIK with 은혜 선생님

Telegram kanalining logotibi i_can_get_topik6 — TOPIK with 은혜 선생님 T
Telegram kanalining logotibi i_can_get_topik6 — TOPIK with 은혜 선생님
Kanal manzili: @i_can_get_topik6
Toifalar: Tillar , Maslahatlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.74K
Kanalning ta’rifi

TOPIK imtihoniga tayyorlanuvchilar uchun.
Foydali postlar https://t.me/I_can_get_TOPIK6/543
TOPIK u-n manbaalar
https://t.me/I_can_get_TOPIK6/544
Registratsiya qilib bermayman. Viza bilan ham shug‘ullanmayman. Koreyaga o‘qishga ham ishga ham yubormayman.

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-07-10 05:00:09 Imtihonlarda omad~
2.0K views02:00
Ochish/sharhlash
2022-07-06 05:52:04 Koreyada o‘qish qiyin...mi?
(davomi)

Koreyada o‘qish qanchalik qiyin?

Qiyin-osonlik darajasi o‘ta nisbiy tushuncha. Ya'ni menga osoni sizga qiyin bo‘lishi yoki, aksincha, sizga osoni men uchun murakkab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu postda chet elda o‘qishning ba'zi xususiyatlari haqida so‘zlab beraman. Ularning qiyinlik darajasini esa o‘zingiz belgilaysiz.

Birinchidan, siz vataningiz, ona shahringizdan ancha uzoqda bo‘lasiz. Koreyadagi sharoitlar (jamiyat, odatlar, oziq-ovqat va h.k) siz o‘rgangan vaziyatdan umuman boshqacha bo‘ladi. Masalan, Koreyada halol ovqat topish O‘zbekistonga qaraganda mushkul. Xarid vaqtida hattoki nonning ham tarkibini o‘qishingizga to‘g‘ri keladi. O‘ylab ko‘ring, umuman boshqa muhitga qanchalik moslasha olasiz, yaxshi yashab ketish foizingiz qancha?

Ikkinchidan, oila a'zolaringiz, yaqinlaringiz, do‘stlaringizdan uzoqda bo‘lasiz. Bu ruhiy tomondan anchagina murakkab jarayon. Albatta, chet elda yangi tanishlar va do‘stlar orttirasiz, biroq bu odamlar bilan tezda kirishib keta olmaydiganlar uchun qiyin kechadi. O‘ylab ko‘ring, oilangizdan uzoqda yashashga qanchalik tayyorsiz, sizdan ancha farq qiladigan odamlar bilan chiqishib keta olishga ko‘zingiz yetadimi?

Uchinchidan, darslar chet tilida(koreys yoki ingliz) bo‘ladi. Demak, siz barcha ma'ruzalarni chet tilida eshitasiz. Hamma darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari chet tilida bo‘ladi. Barcha vazifalarni (taqdimot, yakuniy hisobotlar, izlanishlar) chet tilida qilib topshirishingiz kerak. O‘ylab ko‘ring, chet tilida ma'ruza eshitish, uy vazifalarini bajarishni qanchalik uddalay olasiz, umuman chet tilida biron nimani o‘rgana olishingizga ko‘zingiz yetadimi?

To‘rtinchidan, siz Koreyada mustaqil bo‘lasiz. Bu esa o‘zingizning har bir muammoyingizni o‘zingiz hal qilasiz, degani. Yashash joyi, o‘qish puli, kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak hamma-hammasi o‘z bo‘yningizda. O‘ylab ko‘ring, uy tutish ko‘nikmalaringiz bormi, harajatlarni qanday qoplamoqchisiz, iqtisodiy tomondan ish yurita olishga ko‘zingiz yetadimi?

Bu bandlarni hali yana davom ettirish mumkin. Men eng asosiylarini sanab o‘tdim, xolos)

O‘ylab ko‘rib ayting-chi, Koreyada o‘qish siz uchun qanchalik qiyin?))

@Uzbek_EunHee #Foydali
2.2K views02:52
Ochish/sharhlash