Get Mystery Box with random crypto!

#Qarz Qarz - bir taraf ikkinchi tarafga pul yoki boshqa ash | Huquqiy Jamiyat

#Qarz

Qarz - bir taraf ikkinchi tarafga pul yoki boshqa ashyolarni mulk qilib berishi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib, o‘shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini olishidir.

Qarz shartnomasi og'zaki yoki yozma shaklda tuziladi.

Agar qarz summasi BHM 10 baravaridan ortiq bo'lsa qarz shartnomasi yozma tuzilishi shart.

Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud bo‘lsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.

Qarz shartnomasining yozma shakliga amal qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi. lekin boshqa vositalar bilan isbotlash mumkin (masalan audioyozuv, telefon suhbati yozuvi)

Qarz oluvchi olingan qarz summasini qarz shartnomasida nazarda tutilgan muddatda va tartibda qarz beruvchiga qaytarishi shart.

Agar qarz summasini qaytarish muddati shartnomada (ogzaki ham) belgilangan bo‘lmasa, qarz oluvchi uni qarz beruvchi qarzni qaytarish haqida talab qo‘ygan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida qaytarishi kerak.

Agarda qarz oluvchi qarzni vaqtida qaytarmasa yoki toliq qaytarmasa qarz beruvchi qarzni undirib berishini so`rab Fuqarolik sudiga da'vo arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.

Agar ushbu ma'lumotlar foydali bo'lgan bo'lsa, uni boshqalarga ham ulashing:

Kanalimizga obuna bo'ling:
@huquqiyjamiyat