Get Mystery Box with random crypto!

​​#Stop_porno Pornografik mahsulotlarni tarqatish jinoiy jav | Huquqiy Jamiyat

​​#Stop_porno

Pornografik mahsulotlarni tarqatish jinoiy javobgarlik keltirib chiqarishini bilasizmi?

Aslida jinoiy javobgarlik kelib chiqishidan avval ma'muriy javobgarlik yuzaga keladi. O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 189-moddasiga ko'ra:

pornografik mahsulotlarni tayyorlash;
olib kirish;
tarqatish;
uni reklama qilish;
namoyish etish;
OAV hamda telekommunikatsiya tarmoqlarida, shuningdek Internet jahon axboroti tarmog'ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatganlik natijasida - pornografik mahsulotni, shu jumladan uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish vositalarini musodara qilgan holda:

1. fuqarolarga - bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan to'rt yuz baravarigacha miqdorda jarima
2. mansabdor shaxslar uchun - yuz baravaridan to'rt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishiga olib kelinadi.

Fuqaro yoki mansabdor shaxs ushbu harakatlarni ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin ham sodir etadigan bo'lsa O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 130-moddasida nazarda tutilgan quyidagi jazolardan biri qo'llanilishi mumkin:

- bazaviy hisoblash miqdorining to'rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima;
- uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari;
- uch yilgacha axloq tuzatish ishlari.

Agar ushbu ma'lumotlar foydali bo'lgan bo'lsa, uni boshqalarga ham ulashing:

Kanalimiz manzili:
@huquqiyjamiyat