Get Mystery Box with random crypto!

#Haqorat #Tuhmat Sizga kimdir tuhmat qildimi yoki sizni ha | Huquqiy Jamiyat

#Haqorat #Tuhmat

Sizga kimdir tuhmat qildimi yoki sizni haqorat qilishdimi? Ushbu harakatlar uchun qonuniy jazo muqarrar ekanligini bilasizmi?

Shaxsni haqorat yoki unga tuhmat qilganlik uchun birinchi galda ma'muriy jazo va ushbu harakat bir yil davomida takror sodir etilsa jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.

Tuhmat - bu bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish.

Haqorat qilish - shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish.

O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra:

Tuhmat qilganlik uchun BHM ning 20 baravaridan 60 baravarigacha miqdorda;(6 mln so'mdan 18 mln so'mgacha)
Haqorat qilganlik uchun esa BHM ning 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. (6 mln so'mdan 12 mln so'mgacha)

Agar ushbu huquqbuzarlik 1 yil davomida takroran sodir etilsa, huquqbuzarlikka nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga binoan shaxsga:

Tuhmat qilganlik uchun:

BHM ning 200 baravarigacha miqdorda jarima; (60 mln so'mgacha)
300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
2 yilgacha axloq tuzatish ishlari,

Haqorat qilganlik uchun esa:

BHM ning 200 baravarigacha miqdorda jarima; (60 mln so'mgacha)
240 soatgacha miqdorda majburiy jamoat ishlari;
1 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Qo'shimcha malumot:

Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish yoki haqorat qilish bevosita jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi va aybdor:

60 mln so‘mdan 120 mln so‘mgacha jarima;
240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.

P/s: Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanishda hushyorlikni saqlashni maslahat beramiz. Chunki yuqorida bayon qilganimizdek, ijtimoiy tarmoqlarda yozilgan izohlardagi tuhmat, haqoratlar uchun to‘gridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.

Agar ushbu ma'lumotlar foydali bo'lgan bo'lsa, uni boshqalarga ham ulashing:

Kanalimizga obuna bo'ling:
@huquqiyjamiyat