Get Mystery Box with random crypto!

Huquqiy axborot | Lotin

Telegram kanalining logotibi huquqiyaxborot_lotin — Huquqiy axborot | Lotin H
Telegram kanalining logotibi huquqiyaxborot_lotin — Huquqiy axborot | Lotin
Kanal manzili: @huquqiyaxborot_lotin
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.84K
Kanalning ta’rifi

Yangi qonunchilik hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor maʼlumotlar taqdim etuvchi kanal
Savollar, huquqshunos maslahati uchun: www.advice.uz
Qonunchilikka takliflar uchun: @qonunchilikbot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-25 16:13:53 #Adliya_xabari

yurxizmat.uz bilan o'z-o'zingizga huquqiy xizmat ko'rsating!

Huquqiy hujjatlarni tayyorlashda vaqtdan yutishni xohlaysizmi?
Yuristlar yoki advokatlar ishtirokisiz harakat qilishni-chi?

Adliya vazirligi tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun ishlab chiqilgan www.yurxizmat.uz – O'z-o'ziga huquqiy xizmat ko'rsatish “Legal Tech” axborot tizimi bunda Sizga qo'l keladi.

Sayt huquqiy hujjatlarni, xususan yuridik shaxslar faoliyatida foydalaniladigan korporativ hujjatlar namunalarini, jismoniy shaxslar tomonidan foydalaniladigan shartnomalar, arizalar, iltimosnomalar, bitimlar, sudga oid hujjatlar va boshqa huquqiy hujjatlar namunalarini yuristlar yoki advokatlar ishtirokisiz avtomatlashtirilgan holda elektron shaklda tayyorlash, olish va foydalanish imkonini beradi.

Barchasi bepul.

Saytda 800 dan ortiq hujjat namunalari mavjud bo'lib, saralab chiqilgan. Mazkur axborot tizimidan samarali foydalanish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy hujjatlar bilan ishlash ko'nikmasini oshirish maqsadida quyida ayrim hujjat namunalarini taqdim etamiz:

Kapital qurilish uchun pudrat shartnomasi | Hujjat namunasini shakllantirish

Noturar joyni ijaraga berish shartnomasi | Hujjat namunasini shakllantirish

Elektr energiya shartnomasi (ulgurji iste'molchilar uchun) | Hujjat namunasini shakllantirish

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish shartnoma | Hujjat namunasini shakllantirish

Transport ekspedisiyasi shartnomasi | Hujjat namunasini shakllantirish

Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash shartnomasi | Hujjat namunasini shakllantirish

Kafillik shartnomasi | Hujjat namunasini shakllantirish

Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi | Hujjat namunasini shakllantirish

Vositachilik shartnomasi | Hujjat namunasini shakllantirish

Yuk tashish shartnomasi | Hujjat namunasini shakllantirish

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
1.4K views13:13
Ochish/sharhlash
2022-08-25 14:38:52
#2022_yil_1_sentyabrdan

Qonunchilikka ko'ra:

jismoniy shaxslarga tegishli ishlab chiqarilganiga 10 yilgacha bo'lgan yengil avtomototransportlar texnik ko'rikdan ixtiyoriy ravishda o'tkaziladi;

yengil avtomototransportlar quyidagi muddatlarda majburiy texnik ko'rikdan o'tkaziladi:

ishlab chiqarilganiga 11 yildan 14 yilgacha bo'lgan yengil avtomototransportlar – 2 yilda bir marta;

ishlab chiqarilganiga 15 yil va undan ortiq bo'lgan yengil avtomototransportlar – 1 yilda bir marta.

Bunda mazkur muddatlar tijorat asosida yo'lovchilar tashish faoliyatida foydalaniladigan yengil avtomototransportlar uchun tatbiq etilmaydi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
5.9K views11:38
Ochish/sharhlash
2022-08-25 12:12:05
#Bilasizmi

Xalq ta'limi xodimlarini ularning kasbiy faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan yig'ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning bosma nashrlarga majburan obuna bo'lishini tashkil etish taqiqlanadi.

Bosh prokuratura Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda pedagog xodimlarning huquq va erkinliklarini cheklash holatlarini o'z vaqtida aniqlab, aybdor shaxslarning javobgarlikka tortilishini ta'minlaydi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
2.1K views09:12
Ochish/sharhlash
2022-08-25 09:08:52 #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Mol-mulkni o'zganing noqonuniy egaligidan talab qilib olish to'g'risidagi da'volar yuzasidan davlat boji olinmaydi

Farmonga ko'ra, kredit ta'minoti sifatida garovga qo'yilgan mol-mulk sotilganda, kreditorning roziligiga ko'ra, sotib oluvchi mulk qiymatini 3 yilgacha bo'lib to'lashi mumkin.

Shuningdek, mansabdor shaxslar va xizmatchilarning quyidagi harakatlari xususiy mulk huquqini erkin amalga oshirishga aralashish va daxlsizligini buzish deb hisoblanadi hamda jinoiy javobgarlikka tortishgacha choralar qo'llaniladi:

mulkka erkin egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etishni cheklash, taqiq qo'yish, mulkiy huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni asossiz rad etish, mulkdor yoki uning mulkiy huquqlariga ta'sir o'tkazish;
mulkdorning xo'jalik faoliyatiga yoki mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan hosil va mahsulotni realizatsiya qilish hamda daromadlarni tasarruf etishga aralashish;
xususiy mulk obyekti va u joylashgan hududga mulkdor ruxsatisiz kirish;
mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazish, foydalanishga berish yoki tasarruf etishga aralashish, bu to'g'risida huquqiy hujjat qabul qilish;
mulkdorga uning ixtiyoriga zid tarzda mol-mulki bilan bog'liq ijtimoiy, iqtisodiy yoki boshqa davlat va jamoatchilik vazifalarini yuklash yoxud nomaqbul shartlarni qo'yish;
mol-mulkdan mulkdorning roziligisiz va tegishli haq to'lamasdan foydalanish;
mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanishga oid ma'lumotlarni so'rash yoki bunday ma'lumotlarni mulkdorning ruxsatisiz ishlatish;
mulk va mulkiy huquqlardan sud qarorisiz mahrum etish yoki mulkdorga ulardan voz kechishga qaratilgan majburlov choralar qo'llash, tazyiq o'tkazish yoxud mol-mulkni tasarruf etishga doir asossiz talablarni qo'yish.

Ko'char mulk o'zboshimchalik bilan olib qo'yilganda mulkdor ta'qib qilish orqali uni qaytarib olishi, ko'chmas mulkka nisbatan esa unga o'zboshimchalik bilan kirgan yoki egallab olgan shaxsni chiqarib yuborish orqali egaligini tiklashi mumkin bo'ladi.

Farmonga ko'ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchining mulkiy huquqlariga nisbatan “Xabeas korpus” instituti keng joriy etiladi. Bunda surishtiruvchi va tergovchining mol-mulkni xatlash bilan bog'liq qarorlari ko'rib chiqish uchun sudga kiritiladi.

Davlat organlari va tashkilotlari sudlarda davlat bojini to'lashdan ozod qilingan holatlar qisqartiriladi.

Fuqarolik sudlarida mol-mulkni o'zganing noqonuniy egaligidan talab qilib olish to'g'risidagi da'volar yuzasidan da'vogarlar (davlat organlari va tashkilotlari bundan mustasno) davlat bojini to'lashdan ozod qilinadi.

Farmonga ko'ra, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to'g'risida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqiladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
3.3K views06:08
Ochish/sharhlash
2022-08-25 07:31:04 #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Mulk huquqiga oid bir qator cheklovlar bekor qilinadi

“Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo'l qo'ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–198-son, 24.08.2022-y.) qabul qilindi

Farmon bilan quyidagi tartiblar, talablar va cheklovlar 2022-yil 1-sentyabrdan bekor qilinadi:

yerga bo'lgan huquqlardan foydalanishda:

yerga bo'lgan huquqning vujudga kelishiga asos bo'lgan hujjatlarni bekor qilish orqali yerga bo'lgan huquqni tugatish, mazkur hujjatlar faqat sud tomonidan bekor qilinishi yoki haqiqiy emas deb topilishi mumkin;

yerdan ixtiyoriy voz kechishni Hukumat yoki hokimlik qarorlari bilan rasmiylashtirish (ixtiyoriy voz kechish to'g'risida notarial tasdiqlangan ariza huquqlni bekor qilish uchun asos bo'ladi);

yuridik shaxs tugatilishi bilan uning yeriga bo'lgan huquqlarini bekor qilish;

yerni jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yishda kompensatsiya sifatida davlatning boshqa ko'chmas mulkini berish, bunda ko'p kvartirali uylardagi turar joy berilishi mumkin;

turar joyga bo'lgan mulkiy huquqlarni amalga oshirishda:

turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo'lmaganlarni doimiy ro'yxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish;

sud tomonidan turar joyga nisbatan insofli egallovchi deb topilgan jismoniy shaxsdan ushbu turar joyni unga nisbatan mulk huquqi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab 3 yil o'tgach natura shaklida talab qilib olish.

2023-yil 1-yanvardan Kadastr va ko'chmas mulklarni ro'yxatdan o'tkazish integratsion axborot tizimi (UZKAD) ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarning davlat reyestri va unga oid ma'lumotlar yuritiladigan, ma'lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi hisoblanadi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
3.7K views04:31
Ochish/sharhlash
2022-08-24 16:08:54
#Ijtimoiy_aksiya

Yer uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratish haqidagi qarorda quyidagi masalalar aks ettirilgan bo'lishi kerak:

obyektni qurish shartlari;

berilayotgan yer uchastkasining umumiy maydoni, yer turlari (mavjud bo'lgan taqdirda), yer egalari, mulkdorlar, foydalanuvchilar va ijarachilar bo'yicha;

yer uchastkasining egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qoplanishi kerak bo'lgan zararlar (mavjud bo'lgan taqdirda) miqdorlari va ularni qoplash muddatlari;

yer uchastkasini rekultivatsiya qilish zarurati, yer uchastkasini olib qo'yilgan egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari va ijarachilariga qaytarish shartlari (mavjud bo'lgan taqdirda);

tuproqning unumdor qatlamini olib tashlash zarurati (mavjud bo'lgan taqdirda);

suv muhofazasi, ekologik, yong'inga qarshi, sanitariya shartlari va talablari (zarurat bo'lganda).

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
2.2K views13:08
Ochish/sharhlash
2022-08-24 13:38:54
Chet davlatlarning harbiylashgan tuzilmalariga xizmatga kirish qanday huquqiy oqibatlarga olib keladi?
Anonymous Quiz
8%
A. Shaxs ma'muriy javobgarlikka tortiladi
26%
B. Shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi
21%
C. Bu holat shaxsning O'zbekiston fuqaroligini yo'qotishiga asos bo'ladi
45%
D. B va C javoblar to'g'ri
409 voters1.9K views10:38
Ochish/sharhlash
2022-08-24 12:18:54 #Bilasizmi

Da'vo muddati joriy qilinmaydigan holatlarni bilasizmi?

Da'vo muddati
— shaxs o'zining buzilgan huquqini da'vo qo'zg'atish yo'li bilan himoya qilishi mumkin bo'lgan muddatdir.

Umumiy da'vo muddati 3 yil hisoblanadi.

Shuningdek, ayrim turdagi talablar uchun qonunchilikda umumiy da'vo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus da'vo muddatlari belgilanishi mumkin.

Da'vo muddati quyidagilarga joriy qilinmaydi (163-modda):

shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talablarga;
omonatchilarning o'z omonatlarini berish to'g'risida bankka qo'yadigan talablariga;
fuqaroning hayotiga yoki sog'lig'iga yetkazilgan zararni to'lash haqidagi talablarga;
jinoyat tufayli yetkazilgan zararni to'lash haqidagi talablarga;
mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining o'z huquqini har qanday buzishlarni, garchi bu buzishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmasa ham bartaraf etish haqidagi talablariga;
mamlakat mustaqilligi e'lon qilinishidan oldin uning chegaralaridan tashqariga olib chiqib ketilgan tarixiy, madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga ega bo'lgan mol-mulkni hamda boshqa qimmatbaho obyektlarni qaytarib berish haqidagi talablarga;
qonunda belgilangan hollarda boshqa talablarga.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
1.8K views09:18
Ochish/sharhlash
2022-08-24 09:18:54
#2022_yil_1_sentyabrdan

Oilaviy nodavlat bog'chalarda:

qatnayotgan ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalar farzandlari va maxsus kontingentlar soni tarbiyalanuvchilar sonining 70 foizidan kam bo'lganda, yetmagan qismiga boshqa oilalarning bolalarini qabul qilishga ruxsat etiladi;
tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchi lavozimlari uchun 4,5 tagacha shtat birligini ajratishga ruxsat etiladi;
tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga byudjetdan ish haqini qoplash uchun subsidiya to'g'ridan-to'g'ri ushbu xodimlarning plastik kartasiga o'tkazib beriladi;

Davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan bog'chalarda, oilaviy bog'chalarda:

byudjetdan to'lanadigan subsidiya va kompensatsiyalarni hisoblashda 3 yosh va undan katta yoshdagi, lekin 7 yil 8 oydan katta bo'lmagan yoshdagi tarbiyalanuvchilar hisobga olinadi;
ota-onalar to'lovi miqdorini mustaqil ravishda belgilab 3 yoshga to'lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat etiladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
2.8K views06:18
Ochish/sharhlash
2022-08-24 07:28:53 #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Mol-mulkka taqiq qo'yilganligi to'g'risidagi elektron ma'lumotlar banki joriy etiladi

Hukumat qarori (468-son, 22.08.2022-y.) bilan Boshqa shaxsga o'tkazish taqiqlab yoki xatlab qo'yilgan mol-mulklar elektron ma'lumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish to'g'risidagi nizom tasdiqlandi

Qarorga ko'ra, 2022-yil 1-oktyabrdan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazish taqiqlab (xatlab) qo'yilganligi, shuningdek taqiqlab (xatlab) qo'yish bekor qilinganligi to'g'risidagi elektron ma'lumotlar banki joriy etiladi.

Ma'lumotlarni elektron ma'lumotlar bankiga kiritishda:

jismoniy shaxsning shaxsiga oid va avtomototransport vositalariga oid ma'lumotlar – Ichki ishlar vazirligi;
yuridik shaxsga oid ma'lumotlar – Adliya vazirligi;
ko'chmas mulkka oid ma'lumotlar – Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi;
qishloq xo'jaligi, melioratsiya va yo'l-qurilish texnikalariga oid ma'lumotlar – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi;
attraksionlar va ko'tarish inshootlari (minora kranlari)ga oid ma'lumotlar – Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi;
kemalarga oid ma'lumotlar – Transport vazirligi;
kichik hajmli kemalarga oid ma'lumotlar – Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining elektron axborot tizimlari orqali real vaqt rejimida amalga oshiriladi.

Elektron ma'lumotlar banki davlat tilida shakllantiriladi va yuritiladi.

Notarius elektron ma'lumotlar banki orqali mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazishni taqiqlab qo'yishi va taqiqni bekor qilishi mumkin.

Mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazishni taqiqlab yoki xatlab qo'yish, shuningdek, uni bekor qilishda to'lov undirilmaydi.

Murojaatga asosan elektron ma'lumotlar bankida mavjud ma'lumotlar notarius va (yoki) notarial arxiv mudiri tomonidan to'g'ridan-to'g'ri yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali yoxud E-notarius.uz axborot portali orqali taqdim etiladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
1.9K views04:28
Ochish/sharhlash