Get Mystery Box with random crypto!

HUQUQIY XIZMATLAR | RASMIY

Telegram kanalining logotibi huquqiy — HUQUQIY XIZMATLAR | RASMIY H
Telegram kanalining logotibi huquqiy — HUQUQIY XIZMATLAR | RASMIY
Kanal manzili: @huquqiy
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.21K
Kanalning ta’rifi

Биз сизга қуйидаги хизматларни таклиф киламиз:
✅ Ҳукукий маслахат
✅ Адвокатлик хизматлари
✅ Ариза ва шикоятлар ёзиш хизмати
✍️ Биз билан боғланиш: @Yuristlik_xizmati
Шахсингиз сир сақланиши кафолатланади!

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

3

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-07-15 08:06:30
Юридик шахслар учун ҳам газ ва электр нархи вақтинча ошмайдиган бўлди

15 июлдан ОКМК, НКМК каби йирик корхоналар, бюджет ташкилотлари ва юридик шахслар учун электр энергияси ҳамда газ нархи ошиши эълон қилинганди.

Ҳукуматнинг 14 июль куни эълон қилинган қарорига кўра, ушбу ташкилотлар учун ҳам нархлар вақтинча оширилмайди.
1.3K views05:06
Ochish/sharhlash
2022-07-15 05:58:44
Sukut saqlash huquqiga egasiz yoxud "Miranda qoidasi"

Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
1.1K views02:58
Ochish/sharhlash
2022-07-13 22:07:08 Tovar (ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilgan taqdirda iste’molchining huquqlari

Ya'ni agar sizga sotib olgan mahsulotingiz haqida noto'g'ri ma'lumot berib, sizga aldab sotishsa qanday huquqlaringiz bor?

Agar tovar (ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma’lumot berilganligi:

- zarur iste’mol xossalariga ega bo‘lmagan tovar (ish, xizmat) sotib olinishiga sabab bo‘lsa, iste’molchi shartnomani bekor qilishga va o‘ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir;

- sotib olingan tovar (ish, xizmat)dan ko‘zlangan maqsadda foydalana olmaslikka sabab bo‘lsa, iste’molchi tegishli ma’lumot oqilona qisqa (ko‘pi bilan uch kunlik) muddatda berilishini talab qilishga haqlidir. Agar ma’lumot aytilgan muddatda berilmasa, iste’molchi shartnomani bekor qilib, zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir;

- iste’molchining hayotiga, sog‘lig‘iga yoxud mol-mulkiga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, u ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) oldiga qonunchilikda nazarda tutilgan talablarni qo‘yishga haqlidir.

Iste’molchining tovar (ish, xizmat) haqidagi noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma’lumot tufayli yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi talablari sotib olingan tovar (ish, xizmat)ning xossalari va jihatlari haqida iste’molchi maxsus bilimga ega emas degan taxminga asoslanib qarab chiqiladi.

Noto‘g‘ri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchiga yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim.

P.S. Reklama to'g'risidagi qonunga hali kirishmadim yuqoridagi tahlil bo'yicha...

@Yurist_Zukhurov
1.1K views19:07
Ochish/sharhlash
2022-07-07 18:43:49 ​Bugun Prezidentimizning tegishli qarori bilan avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratildi:

1. 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab avtomobillarni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi. Bunda:

- avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi elektron shakldagi ishonchnoma rasmiylashtirilganda, uni notarial tasdiqlash talab etilmaydi;

- elektron ishonchnoma rasmiylashtirilganda davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda - 1 oygacha bo‘lgan muddatga 90 ming so‘m, 6 oygacha bo‘lgan muddatga 450 ming so‘m, 3 yilgacha bo‘lgan muddatga 900 ming so‘m miqdorida undiriladi;

- elektron ishonchnoma davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan faqatgina planshet orqali tekshiriladi.

2. Yuridik shaxslar haydovchilarining ikki yilda bir marta majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilinadi.

3. Fuqaro tomonidan o‘zining avtomobilini yo‘lovchi tashish lisenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga ijaraga berilganda notarial idoralar tomonidan tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda. Ijara shartnomasi soliq organlarida elektron hisobga qo‘yiladi.

4. 2022 yil 1 sentyabrdan 2024 yil oxiriga qadar yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilmoqda. Bunda:

– lisenziya varaqasini berishda avtomobilning 10 yillik ekspluatasiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi;

– majburiy tibbiy va texnik ko‘rik muddati 1 yilda 1 marta qilib belgilanadi;

– o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilardan, shu jumladan yuridik shaxslardan lisenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji miqdori 300 ming so‘m etib belgilanadi.

" VERUM" advokatlik firmasi -
sizning huquqlaringiz himoyachisi!


Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
1.6K views15:43
Ochish/sharhlash
2022-07-06 14:53:53
"Habeas Corpus" nima?

Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
1.2K views11:53
Ochish/sharhlash
2022-06-11 19:20:56 ОТМга ўқишга киришда кимлар имтиёзга эга?

Қуйидаги абитуриентлар олий таълим муассасаларига ўқишга киришда имтиёзга эга:

Қуролли Кучлар ҳарбий хизматчиларининг фарзандлари;

халқаро ва республика олимпиадалари, танловлар ва мусобақалар ғолиблари бўлган битирувчилар;

Зулфия номидаги Давлат мукофоти лауреатлари;

“Мард ўғлон” давлат мукофоти соҳиблари;

“Йилнинг энг яхши тарбиячиси” республика танлови ғолиблари;

тиббиёт муассасалари ҳамшираларининг “Ҳамшира” республика танлови ғолиблари;

Бадиий академиянинг тасвирий санъат бўйича республика танлови ғолиблари;

“Ниҳол” мукофоти совриндорлари;

Ўзбекистон ёшлар иттифоқи республика комиссияси берган тавсиянома совриндорлари (педагогика йўналишларига);

тўлиқ давлат таъминотидаги етим болалар;

Қуролли Кучлар сафида ҳарбий хизматни ўтаб, ҳарбий тавсияномага эга бўлганлар;

чет тилини билиш даражаси тўғрисида давлат намунасидаги В1 ва ундан юқори даражадаги сертификатга эга абитуриентлар;

ҳарбий қисм қўмондонлиги ва Ёшлар иттифоқи бошланғич ташкилоти тавсияномасига эга бўлганлар;

ички ишлар органлари ходимларининг фарзандлари.

Шунингдек:

Исҳоқхон Ибрат номидаги хорижий тилларга ихтисослаштирилган мактаб-интернатнинг бутун ўқиш даврини аъло баҳоларга ўқиган битирувчилари;

мутахассислиги бўйича 5 йил иш стажига эга хотин-қизлар;

эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизлар;

ички ишлар органларида 3 йилдан ортиқ иш стажига эга профилактика (катта) инспекторлари;

иқтисодиёт тармоқларида камида 5 йил иш стажига эга фуқаролар;

Тошкент давлат юридик университети қошидаги академик лицейнинг битирувчилари.


@Yurist_Zukhurov
2.1K views16:20
Ochish/sharhlash
2022-06-10 10:48:36
JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

Duoga qo‘l oching, yolmasin bilak,
Bugun so‘rayvering, har neki tilak,
Fayzi bilan berur, ALLOH taborak,
Tavba sohibiga, JUMA muborak...


Jumaning fayz-u barakoti sizga va xonadoningizga bo'lsin!

Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
1.6K views07:48
Ochish/sharhlash
2022-06-03 10:59:34
Армияга мажбурлаб юбориш мумкинми?

@yurist_Zukhurov
1.8K views07:59
Ochish/sharhlash
2022-06-02 15:51:59
Текин пишлоқ фақат қопқонда бўлади!

1 млн доллар пул ютиб олдингиз.

Чет элдаги қариндошингиздан катта мерос қолди.

Агар пулни белгиланган вақтда олмасангиз қайта ола-олмаслигингиз мумкин.

Пулни олиш учун карта маълумотларингизни юборинг.

"Растамошка" харажатлари ва билет учун тўлов қилишингиз керак.

Бу каби хабарлар ўзимга ҳам тез-тез келиб туради. Ўйлаб қоламан, наҳотки, чет элда яқин қариндошдим бўлса, наҳотки, минг ёки юз минг доллар эмас млн долларлаб пул қолдираркан деб.

Эй инсонлар! Кўзингизни очинг!
Буларни барчаси фирибгарлик. Сизни алдаб пулларингизни олиш ёки шахсий маълумотларингизни ўғирлаш!

Сизга юқоридаги каби видеоларни жўнатишади, нима қилиб бўлмасин сизни ишонтиришга, ишончингизга киришга ҳаракат қилишади.

Бу каби фирибгарлар учун "хўрак" бўлиб қолманг. Ҳеч қачон ва ҳеч кимга шахсий маълумотларингизни бера кўрманг.

@yurist_Shamsiddinov
1.6K views12:51
Ochish/sharhlash
2022-05-26 12:29:11 Birovning foto yoki video tasvirini uning roziligisiz, ijtimoiy tarmoqlarga joylash mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 99-moddasiga asosan,
shaxsning tasvirga bo‘lgan huquqi tortib olinmaydi va o‘zga usul bilan boshqa shaxsga berilmaydi. Tasvirga bo‘lgan huquqi buzilgan deb hisoblagan shaxs belgilangan tartibda sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.

Bu holda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan holatlar mavjud:

Shaxs o'zining suratini tegishli vositadan (kamera, mobil telefon va boshqa jihozlar xotirasidan), ommaviy axborot vositalaridan, Internetdan, reklama materiallaridan olib tashlashni talab qilishi, shuningdek yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni qoplash to'g'risidagi ariza bilan fuqarolik sudiga murojaat qilishi mumkin. Bunday holda, ariza bilan murojaat qiluvchi shaxs o'z arizasida keltirilgan arzlarni, shu jumladan moddiy va ma'naviy zarar yetkazilganligini isbotlab berishi kerak bo'ladi.

Shuni inobatga olish lozimki, shaxsni ommaviy tadbirlarda ishtirok etish paytida yoki jamoat joylarida tasvirga tushirish hamda ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinishi yoki talab qilinmasligi masalasi qonunchilikda aniq belgilanmagan. Bundan tashqari, agarda shaxs o'z tasvirini Internet sahifalarida, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarida o'zi joylashtirgan bo'lsa, ushbu holatda shaxs o'z rasmini bundan keyin foydalanishga rozilik bildirganligini anglatishi mumkin (agar tasvir joylashtirilgan sahifaning foydalanish shartlarida shunday qoida nazarda tutilgan bo'lsa).

Demak, sud holatni baholab, ushbu holatlardan kelib chiqib shaxsning roziligi olinishi shart yoki shart emas deb topishi mumkin.

@Yurist_Zukhurov
1.8K views09:29
Ochish/sharhlash