Get Mystery Box with random crypto!

Birovning foto yoki video tasvirini uning roziligisiz, ijtimoi | HUQUQIY XIZMATLAR | RASMIY

Birovning foto yoki video tasvirini uning roziligisiz, ijtimoiy tarmoqlarga joylash mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 99-moddasiga asosan,
shaxsning tasvirga bo‘lgan huquqi tortib olinmaydi va o‘zga usul bilan boshqa shaxsga berilmaydi. Tasvirga bo‘lgan huquqi buzilgan deb hisoblagan shaxs belgilangan tartibda sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.

Bu holda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan holatlar mavjud:

Shaxs o'zining suratini tegishli vositadan (kamera, mobil telefon va boshqa jihozlar xotirasidan), ommaviy axborot vositalaridan, Internetdan, reklama materiallaridan olib tashlashni talab qilishi, shuningdek yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni qoplash to'g'risidagi ariza bilan fuqarolik sudiga murojaat qilishi mumkin. Bunday holda, ariza bilan murojaat qiluvchi shaxs o'z arizasida keltirilgan arzlarni, shu jumladan moddiy va ma'naviy zarar yetkazilganligini isbotlab berishi kerak bo'ladi.

Shuni inobatga olish lozimki, shaxsni ommaviy tadbirlarda ishtirok etish paytida yoki jamoat joylarida tasvirga tushirish hamda ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinishi yoki talab qilinmasligi masalasi qonunchilikda aniq belgilanmagan. Bundan tashqari, agarda shaxs o'z tasvirini Internet sahifalarida, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarida o'zi joylashtirgan bo'lsa, ushbu holatda shaxs o'z rasmini bundan keyin foydalanishga rozilik bildirganligini anglatishi mumkin (agar tasvir joylashtirilgan sahifaning foydalanish shartlarida shunday qoida nazarda tutilgan bo'lsa).

Demak, sud holatni baholab, ushbu holatlardan kelib chiqib shaxsning roziligi olinishi shart yoki shart emas deb topishi mumkin.

@Yurist_Zukhurov