Get Mystery Box with random crypto!

HUQUQIY MA'LUMOTLAR

Telegram kanalining logotibi huquqdan_quiz_testlar — HUQUQIY MA'LUMOTLAR H
Telegram kanalining logotibi huquqdan_quiz_testlar — HUQUQIY MA'LUMOTLAR
Kanal manzili: @huquqdan_quiz_testlar
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 357
Kanalning ta’rifi

Huquqiy va siyosiy savodxonlikni oshiramiz
#Qonunlar
#Konstitutsiya
#Qoidalar
#Qarorlar
#Kodekslar
#Таълим
#Dunyodagi_qiziqarli_qonunlar
#Qiziqarli_savol
#Adabiyotlar
#Quiz_testlar
Murojaat uchun: @Aye_024

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-07-08 05:43:05
#Қўшалоқ_табрик

Яна бир Жума ва Арафага етказган Аллоҳга ҳамдлар бўлсин! ҚАДРДОНЛАРИМ АРАФА ВА ЖУМА айёмингиз муборак бўлсин
!!!
1.1K viewsㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ, 02:43
Ochish/sharhlash
2022-07-07 12:59:09M.Polvonovdan 11-sinf Huquq fanidan 30 savoldan iborat Nazorat ishi
11-sinf Huquq fanidan 30 savoldan iborat Nazorat ishi testi
30 ta savol · 30 soniya
1.1K viewsㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ, 09:59
Ochish/sharhlash
2022-07-04 18:10:42 АРИЗА - – фуқаронинг (бир неча шахсларнинг) давлат органига ёки маҳаллий ўзини ўзи бошқариш органига, ташкилот, муассасанинг маъмуриятига ёхуд бошқа мансабдор шахсга расмий мурожаати ҳисобланиб, у шикоятдан фарқли равишда шахснинг қонуний ҳуқуқ ва манфаатларини бузилиши билан боғлиқ бўлмайди ва ушбу қонунбузарликни бартараф этиш илтимосини ўзида акс этмайди, балки аризачининг ҳуқуқ ва манфаатларини амалга оширишга ёки корхона, муассаса, ташкилот фаолиятида учрайдиган камчиликларни бартараф этишга қаратилган бўлади. А. ҳам оғзаки, ҳам ёзма тарзда берилиши мумкин. А. фуқароларнинг ўз ҳуқуқлари, эркинликлари ва қонуний манфаатларини рўёбга чиқаришда ёрдам кўрсатиш тўғрисидаги илтимоси баён этилган мурожаатдир. А.ларни кўриб чиқиш тартиби шикоятларни кўриб чиқиш тартиби билан деярли бир хил.

@Huquqdan_quiz_testlar
1.2K views ꯭𓊆꯭ ꯭𓊇𝐀𝄄꯭𝐅𝄄꯭𝐓꯭̅ͩ𝄄𝐀̅ͣ𝄄꯭𝐑̅ͩ𝄄꯭𝐈̅ͦ𝄄꯭𝐓̅ᷤ𝄄꯭𝐄̅ͪ𝄄꯭𝐓꯭✵꯭̐̐̐̐̐̐𒈯, edited  15:10
Ochish/sharhlash
2022-07-04 18:06:56 H̥ͦU̥ͦQ̥ͦU̥ͦQ̥ͦ Q̥ͦU̥ͦI̥ͦZ̥ͦ pinned «https://t.me/Huquqiy_savol_javoblar»
15:06
Ochish/sharhlash
2022-07-04 09:04:34 #Менинг_Конституциям #Муҳокама

Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг навбатдаги мажлиси бўлиб ўтди.

Унда депутатлар томонидан “Ўзбекистон Республикасининг Конституциясига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги Конституциявий қонун лойиҳасининг умумхалқ муҳокамаси билан боғлиқ масалани кўриб чиқилди.

Йиғилишда конституциявий ислоҳотлар билан боғлиқ иккита муҳим масала кўриб чиқилди.

Мажлисда сўзга чиққанлар таъкидлаганидек, Конституциявий қонун лойиҳаси юзасидан фикр-мулоҳаза билдиришда фуқароларнинг фаоллиги ортиб бораётганлиги, келиб тушаётган таклифлар сони тобора ошаётганлиги умумхалқ муҳокамаси муддатини узайтириш заруратини юзага келтирмоқда.

Юқоридагилардан келиб чиқиб, Қонунчилик палатаси томонидан “Ўзбекистон Республикасининг Конституциясига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги Конституциявий қонун лойиҳаси умумхалқ муҳокамасининг муддатини 2022 йил 15 июлгача узайтириш мақсадга мувофиқ деб топилди.

Депутатлар Ўзбекистон Республикасининг Президенти томонидан Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгеси депутатлари ҳамда Қорақалпоғистон Республикаси фаоллари билан бўлиб ўтган учрашувда билдирилган таклифларни инобатга олиш зарур деб топдилар.

Яъни Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 70, 71, 72, 74 ва 75-моддалари ўзгаришсиз қолдирилиб, амалдаги нормаларни сақлаб қолиш мақсадга мувофиқ кўрилди.

@Huquqdan_quiz_testlar
1.5K views ꯭𓊆꯭ ꯭𓊇𝐀𝄄꯭𝐅𝄄꯭𝐓꯭̅ͩ𝄄𝐀̅ͣ𝄄꯭𝐑̅ͩ𝄄꯭𝐈̅ͦ𝄄꯭𝐓̅ᷤ𝄄꯭𝐄̅ͪ𝄄꯭𝐓꯭✵꯭̐̐̐̐̐̐𒈯, edited  06:04
Ochish/sharhlash
2022-07-03 19:18:36 11-SINF HUQUQ. MODDALAR BÕYICHA TEST. TUZUVCHI: MIRZAJONOV BUNYODBEK” testi
34 ta savol · 30 soniya
1.4K views ꯭𓊆꯭ ꯭𓊇𝐀𝄄꯭𝐅𝄄꯭𝐓꯭̅ͩ𝄄𝐀̅ͣ𝄄꯭𝐑̅ͩ𝄄꯭𝐈̅ͦ𝄄꯭𝐓̅ᷤ𝄄꯭𝐄̅ͪ𝄄꯭𝐓꯭✵꯭̐̐̐̐̐̐𒈯, 16:18
Ochish/sharhlash
2022-06-27 10:50:24 VASIYLIK

14 yoshga to'lmagan bolalarga va sud tomonidan
muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga
nisbatan quyidagi hollarda: ota-onasi vafot
etgan, ota-onasi sud qarori b-n ota-onalik
huquqidan mahrum etilgan yoki ularning
ota-onalik huquqi cheklangan, ota-onasi
og'ir kasal bo'lgan, ota-onasi sud qarori b-n
muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ota-onasi
olti oydan ortiq muddat bo'lmagan hollarda, agar
bu bolalarning manfaatlari uchun zarur bo'lsa,
ota-onasi bedarak yo'qolgan, ota-onasi bolalarni
tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini
himoya qilishdan bo'yin tovlagan, shu jumladan,
ota-ona tarbiya, davolash muassasalari, aholini
ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga
o'xshash muassasalardan bolasini olishdan bosh
tortganda, shuningdek, boshqa zarur hollarda
belgilanadi. V. FK, OK va Vazirlar Mahkamasining
qaroriga muvofiq tasdiqlangan O'zRda "Vasiylik
va homiylik to'g'risida Nizom"ga asosan tartibga
solinadi. V. tuman yoki sh. hokimining qarori b-n
belgilanadi. V. vazifalarini amalga oshirish 18
yoshga to'lmagan shaxslarga nisbatan - xalq
ta'limi bo'limlariga, sud tomonidan muomalaga
layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb
topilgan shaxslarga nisbatan - sog'liqni saqlash
bo'limlariga yuklanadi. O'zRdan tashqarida
yashaydigan, ota-onasining qaramog'idan
mahrum bo'lgan O'zRning voyaga yetmagan
fuqarolariga va sog'lig'i tufayli o'z huquqini
mustaqil ravishda amalga oshira olmaydigan O'zRning
voyaga yetgan fuqarolariga nisbatan vasiylik
faoliyatini amalga oshirish O'zRning konsullik
muassasalari zimmasiga yuklanadi. V. va homiylik
organlaridan tashqari boshqa yuridik va jismoniy
shaxslarning ota-onasining qaramog'idan mahrum
bo'lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish bo'yicha
faoliyat yuritishiga yo'l qo'yilmaydi.


@Huquqdan_quiz_testlar
1.5K views ꯭𓊆꯭ ꯭𓊇𝐀𝄄꯭𝐅𝄄꯭𝐓꯭̅ͩ𝄄𝐀̅ͣ𝄄꯭𝐑̅ͩ𝄄꯭𝐈̅ͦ𝄄꯭𝐓̅ᷤ𝄄꯭𝐄̅ͪ𝄄꯭𝐓꯭✵꯭̐̐̐̐̐̐𒈯, edited  07:50
Ochish/sharhlash
2022-06-25 14:14:17 AUDITOR

malaka sertifikatiga ega bo'lgan jismoniy
shaxs. Agar a. auditorlik tashkilotining shtatida
turgan bo'lsa yoki auditorlik tashkiloti u b-n
fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan
bo'lsa, u auditorlik tekshiruvi o'tkazishga jalb
etilishi mumkin. A. - auditorlik tekshiruvini
sifatsiz o'tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi
hamda boshqa xatti-harakatlari oqibatida
auditorlik tashkilotiga zarar yetkazganligi
uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik
tashkiloti oldida javobgar bo'ladi. A. malaka
sertifikati jismoniy shaxsga, basharti u auditorlik
tashkiloti shtatida bo'lsa yoki u b-n auditorlik
tashkiloti fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma
tuzgan bo'lsa, auditorlik tekshiruvini amalga
oshirish huquqini beradi. A. malaka sertifikati
O'zR Moliya vazirligi tomonidan, agar da'vogar
malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan
bo'lsa, beriladi. Malaka imtihoni auditorlik
tashkiloti nomidan auditorlik tekshiruvlarini
amalga oshirishga da'vogar bo'lgan shaxslar
bilimlarini tekshirish vositasi hisoblanadi.
Malaka imtihonini topshirishga unga qo'yilgan
talablariga javob beradigan da'vogarlar qo'yiladi.
A. malaka sertifikatini olishga da'vogar quyidagi
talablarga javob berishi kerak: oliy iqtisodiy
ma'lumotga ega bo'lish va buxgalteriya hisobi,
audit, moliyaviy yoki soliq nazorati sohasida
kamida uch yillik amaliy ish yoki shu sohalarda
dars berish staji; yoki iqtisodiy bo'lmagan oliy
yoxud o'rta maxsus iqtisodiy ma'lumot b-n
kamida 5 y. a., bosh buxgalter, taftishchi yoki
soliq inspektori sifatida ish stajiga ega bo'lish.
Bunda ish stajiga ko'rsatilgan lavozimlarda
shtatdagi xodim yoki o'rindosh bo'lib ishlash davri,
shuningdek, a. yordamchisi sifatida ishlash vaqti
ham kiritiladi; respublika a.lar jamoat birlashmasi
b-n kelishgan holda O'zR Moliya vazirligi
tomonidan tasdiqlanadigan ta'lim dasturi asosida
a.larni tayyorlash markazlarida maxsus kasbiy
tayyorgarlikdan o'tadi.


@Huquqdan_quiz_testlar
1.3K views ꯭𓊆꯭ ꯭𓊇𝐀𝄄꯭𝐅𝄄꯭𝐓꯭̅ͩ𝄄𝐀̅ͣ𝄄꯭𝐑̅ͩ𝄄꯭𝐈̅ͦ𝄄꯭𝐓̅ᷤ𝄄꯭𝐄̅ͪ𝄄꯭𝐓꯭✵꯭̐̐̐̐̐̐𒈯, edited  11:14
Ochish/sharhlash
2022-06-25 14:04:02 AQLI NORASOLIK

ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilish vaqtida
shaxsning ruhiy kasalligi tufayli o'z harakatlari
yuzasidan oziga hisob bera olmaydigan va oz
harakatlarini idora qila olmaydigan holati. A.n.
ikki mezon: tibbiy (biologik) va yuridik mezon
orqali aniqlanadi. Tibbiy mezon shaxsda surunkali
ruhiy kasallikni yoki ruhiy holatning vaqtincha
buzilganligi yoxud aqli zaiflik yoki boshqacha
tarzdagi ruhiy kasallikning mavjudligini bildiradi.
YUridik mezon shaxsning oz harakatlari yuzasidan
oziga hisob bera olmasligi va harakatlarini
idora qila olmasligidir. SHaxsni ruhiy kasal deb
hisoblash uchun tibbiy va yuridik mezonlarning
zohirligi talab qilinadi. SHaxsning ruhiy kasallik
holatini aniqlash uchun sud-psixiatriya
ekspertizasi tayinlanadi. Ekspertiza shaxsni
ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilish paytida
aqli noraso holatda bolgan, deb xulosa bersa,
uning qilmishini sud jinoyat hisoblamasligi va
javobgarlikka tortmasligi mumki
n.

@Huquqdan_quiz_testlar
1.2K views ꯭𓊆꯭ ꯭𓊇𝐀𝄄꯭𝐅𝄄꯭𝐓꯭̅ͩ𝄄𝐀̅ͣ𝄄꯭𝐑̅ͩ𝄄꯭𝐈̅ͦ𝄄꯭𝐓̅ᷤ𝄄꯭𝐄̅ͪ𝄄꯭𝐓꯭✵꯭̐̐̐̐̐̐𒈯, edited  11:04
Ochish/sharhlash