Get Mystery Box with random crypto!

VASIYLIK 14 yoshga to'lmagan bolalarga va sud tomonidan muoma | HUQUQIY MA'LUMOTLAR

VASIYLIK

14 yoshga to'lmagan bolalarga va sud tomonidan
muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga
nisbatan quyidagi hollarda: ota-onasi vafot
etgan, ota-onasi sud qarori b-n ota-onalik
huquqidan mahrum etilgan yoki ularning
ota-onalik huquqi cheklangan, ota-onasi
og'ir kasal bo'lgan, ota-onasi sud qarori b-n
muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ota-onasi
olti oydan ortiq muddat bo'lmagan hollarda, agar
bu bolalarning manfaatlari uchun zarur bo'lsa,
ota-onasi bedarak yo'qolgan, ota-onasi bolalarni
tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini
himoya qilishdan bo'yin tovlagan, shu jumladan,
ota-ona tarbiya, davolash muassasalari, aholini
ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga
o'xshash muassasalardan bolasini olishdan bosh
tortganda, shuningdek, boshqa zarur hollarda
belgilanadi. V. FK, OK va Vazirlar Mahkamasining
qaroriga muvofiq tasdiqlangan O'zRda "Vasiylik
va homiylik to'g'risida Nizom"ga asosan tartibga
solinadi. V. tuman yoki sh. hokimining qarori b-n
belgilanadi. V. vazifalarini amalga oshirish 18
yoshga to'lmagan shaxslarga nisbatan - xalq
ta'limi bo'limlariga, sud tomonidan muomalaga
layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb
topilgan shaxslarga nisbatan - sog'liqni saqlash
bo'limlariga yuklanadi. O'zRdan tashqarida
yashaydigan, ota-onasining qaramog'idan
mahrum bo'lgan O'zRning voyaga yetmagan
fuqarolariga va sog'lig'i tufayli o'z huquqini
mustaqil ravishda amalga oshira olmaydigan O'zRning
voyaga yetgan fuqarolariga nisbatan vasiylik
faoliyatini amalga oshirish O'zRning konsullik
muassasalari zimmasiga yuklanadi. V. va homiylik
organlaridan tashqari boshqa yuridik va jismoniy
shaxslarning ota-onasining qaramog'idan mahrum
bo'lgan bolalarni aniqlash va joylashtirish bo'yicha
faoliyat yuritishiga yo'l qo'yilmaydi.


@Huquqdan_quiz_testlar