Get Mystery Box with random crypto!

AQLI NORASOLIK ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilish vaqtida | HUQUQIY MA'LUMOTLAR

AQLI NORASOLIK

ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilish vaqtida
shaxsning ruhiy kasalligi tufayli o'z harakatlari
yuzasidan oziga hisob bera olmaydigan va oz
harakatlarini idora qila olmaydigan holati. A.n.
ikki mezon: tibbiy (biologik) va yuridik mezon
orqali aniqlanadi. Tibbiy mezon shaxsda surunkali
ruhiy kasallikni yoki ruhiy holatning vaqtincha
buzilganligi yoxud aqli zaiflik yoki boshqacha
tarzdagi ruhiy kasallikning mavjudligini bildiradi.
YUridik mezon shaxsning oz harakatlari yuzasidan
oziga hisob bera olmasligi va harakatlarini
idora qila olmasligidir. SHaxsni ruhiy kasal deb
hisoblash uchun tibbiy va yuridik mezonlarning
zohirligi talab qilinadi. SHaxsning ruhiy kasallik
holatini aniqlash uchun sud-psixiatriya
ekspertizasi tayinlanadi. Ekspertiza shaxsni
ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilish paytida
aqli noraso holatda bolgan, deb xulosa bersa,
uning qilmishini sud jinoyat hisoblamasligi va
javobgarlikka tortmasligi mumki
n.

@Huquqdan_quiz_testlar