Get Mystery Box with random crypto!

“MA’RIFAT” MAHALLASI TARKIBIDAGI KO’CHALARDA QURILISH-TA’MIRLA | "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“MA’RIFAT” MAHALLASI TARKIBIDAGI KO’CHALARDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Andijon shahrining "Ma’rifat" MFY tarkibidagi S.Yusupov hamda Olim Sarkor ko'chalarida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari boshlab yuborilgan bo’lib, shu kunga qadar ushbu ko'chalarga 20 dona temir-beton tayanchlar olib kelib o'rnatildi.

Hozirda 3000 metr uzunlikdagi SIP kabel havo tarmog'i tortish, shuningdek, har xil quvvatga ega bo’lgan 2 dona transformator punktini montaj qilish jarayonlari ketmoqda. Ushbu transformator punktlari ishga tushirilgandan so’ng 200 dan ortiq aholi xonadonlarining elektr ta'minoti yaxshilanishi ko’zda tutilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter