Get Mystery Box with random crypto!

KARMANA TUMANIDAGI “YANGI O’ZBEKISTON” MASSIVIDA ISHLAR QIZG’I | "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

KARMANA TUMANIDAGI “YANGI O’ZBEKISTON” MASSIVIDA ISHLAR QIZG’IN OLIB BORILMOQDA

Aholini uy-joy bilan ta’minlash, hududlarda yangi massivlarni tashkil etish va ushbu massivlarda aholiga qulay shar-sharoit yaratish bo'yicha Prezidentimiz qator topshiriqlar bergan edi. "Hududiy elektr tarmqolari” AJ Navoiy hududiy filiali tomonidan yangi massivlarni elektr energiyasi bilan ta'minlash bo‘yicha reja asosida ishlar yo’lga qoyilgan.

Filialning qurilish brigadasi xodimlari tomonidan Karmana tumani “Yangi O’zbekiston” massiviga 102 ta yangi tiklangan temir-beton tayanchga 6 km masofadagi 10 kVli havo elektr uzatish tarmoqlari, 700 metr uzunlikda yer osti kabellari o'tkazish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari hududga har hil quvvatdagi 4 dona transformator punkti o’rnatish rejalashtirilgan.

"Hududiy elektr tarmoqlari" АJ Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter