Get Mystery Box with random crypto!

Filodendron Birkin Bargini oqish chizig‘i hisobiga yorug‘lik | Гуллар дунёси 🌹🌹🌹🌹🌹🌹

Filodendron Birkin

Bargini oqish chizig‘i hisobiga yorug‘likka juda muhtoj. Ertalabki quyosh va juda yorug‘ joy kerak. Quyosh nuri tanasi bilan tushishi, uni zich, sog‘lom va barg rangini tiniqligini ta’minlaydi. Yarim, soya-salqinda qolib ketmasin. Qish kunlari tikka quyosh tushadigan deraza tokchasi ayni muddao bo‘ladi.

Birkinga suvni me’yorda berish tavsiya etiladi, ya’ni ustki qismi to‘liq qurigach, iliq suv bilan sug‘oriladi. Uyqu davrida yoki hona salqin bo‘lsa, chanqatib sug‘orish zarur. Sprey mumkin!

Bahor-yoz-kuz oylarida azotli kimyoviy ozuqa va organikani 10-14 kunda bir berish kerak.
Barg kasalliklariga biroz moyilligi borligi uchun oyda bir marta vertimek va t-34 bilan sprey qilib turilsa, faqat yaxshilikka xizmat qiladi. Uch oyda bir esa fungidsiddan foydalanish kerak. Oyda bir marta esa temir moddasi (Xelat Jeleza) berib turilsa, xloroz, bargining ko‘rimsiz bo‘lishi kabi holatlarning oldi olingan bo‘ladi.

Tuprog‘i:
Torf 30%
Biogomus 30%
Perlit 10%
Qum 10%
Apilka yoki sholi 20%