Get Mystery Box with random crypto!

Filodendron Brazil Tarixi: Filodendronning Golland sorti bo | Гуллар дунёси 🌹🌹🌹🌹🌹🌹

Filodendron Brazil

Tarixi:
Filodendronning Golland sorti bo'lib, ma'lum muddat qarovsiz qolib ketgani uchun tashqi ko'rinishidagi "ko'rimsizlik" sabab, yaxshigina chegirma narxida bundan deyarli bir yil oldin xarid qilgandim. Keyin ustidan bir nechta qalamchalarni shoxladim va mana shu shoxchalarni asosi torf bo'lgan tuproqqa shunchaki ekib qo'ygan edim. Allohning marhamati bilan hammasi ildiz otib ketgan, qizig'i shu-ku, ortiqcha e'tibor talab qilmadi. Shaxsan men bilgan, eng beozor, eng antiqa ko'rinishga ega va o'sish tezligi masalasida yetakchi bo'lgan xona gullaridan biri bu Filodendron Brazil sorti ekan

Parvarishi:
Qishda deyarli tikka quyoshda o'sdi, bahor kelib, kunlar isishni boshlagach, biroz pana qildim. Suv me'yorda, sprey mumkin. Ochiq dushni "sevadi". Azotli va organik ozuqa ikki haftada bir. Qishda berilmaydi.
Tuprog'i: asosi torf bo'lgan universal tuproq
Drenaj qismida; keramzit, mix