Get Mystery Box with random crypto!

Гуллар дунёси 🌹🌹🌹🌹🌹🌹

Telegram kanalining logotibi gullarr_dunyosii — Гуллар дунёси 🌹🌹🌹🌹🌹🌹 Г
Telegram kanalining logotibi gullarr_dunyosii — Гуллар дунёси 🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Kanal manzili: @gullarr_dunyosii
Toifalar: Hayvonlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.17K
Kanalning ta’rifi

Манзарали гуллар дунёси
Тел 998949288940
Телеграм @guzal_soliyeva

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar

2023-05-15 13:28:39

141 views10:28
Ochish/sharhlash
2023-05-15 13:27:33
Juda ko‘pchilik Gulsevarlarimizda uchraydigan xatolik, ya’ni “o‘zi kichkinagina gulni, katta tuvakka ekish?!” Bu holda, gulning ildiz sistemasi rivojlanib olishiga ancha kuch sarflaydi, oqibatda, gulning o‘zida rivojlanish to‘xtab qoladi. Ko‘p hollarda katta tuvaklar gulning jadal o‘sishiga halaqit beradi, ba’zi paytlarda esa hatto nobud qilishi mumkin!
Gulingizni bo‘yi-bastiga yarasha tuvakka eking

https://t.me/joinchat/AAAAAEmR71AMRyIrI75lGQ
133 views10:27
Ochish/sharhlash
2023-05-15 13:27:33
Hona gulini tuvakdan tuvakka o‘tkazish jarayoni o‘ta muhim muolajalardan hisoblanadi.
Agar gulingizni boshqa tuvakka o‘tkazishda asoratlar bo‘lishini istamasangiz, bu jarayonda ildiz butunligini buzmaslikka harakat qiling. Shunda, hech qanday yoqimsiz stress holatlari gulingizda kuzatilmaydi. Hatto gullab turgan gullarni shu usul orqali tuvagini yangilasa bo‘ladi

Hurmat bilan Admin

https://t.me/joinchat/AAAAAEmR71AMRyIrI75lGQ
119 views10:27
Ochish/sharhlash
2023-05-15 13:27:33
Gulsevarlarimiz orasida shunday tushuncha mavjud, ya’ni:
“Hona gulini birdaniga ko‘p va to‘yintirib sug‘orilsa, gulning ildizida chirish boshlanadi”- degan fikr bor.
Oqibatda, ochiq dush qilishdan ham qo‘rqishadi. Bu aslo noto‘g‘ri fikr! Aslida gulning ildiz chirishiga, suvni ustma-ust quyish, ya’ni tuproq to‘liq qurimay turib, sug‘oraverish sabab bo‘ladi. Likopchada suv to‘planib turishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hona gulini yaxshilab to‘yintirib sug‘oring va keyingi sug‘orish payti kelganini tuproq usti kamida 3 sm to‘liq quriganidan bilsa bo‘ladi. Kun sanab o‘tirmang

Hurmat bilan Admin

https://t.me/joinchat/AAAAAEmR71AMRyIrI75lGQ
125 views10:27
Ochish/sharhlash
2023-05-15 09:53:38
Gibiskus g‘uncha tugib turib, ochmasdan to‘kilishining sabablari:
1. Sovuq harorat;
2. Tuprog‘ini chanqatib qo‘yish;
3. Tuproqda ozuqani kamligi;
120 viewsedited  06:53
Ochish/sharhlash
2023-05-15 08:42:26
Hona guli parvarishidagi “Oltin besh qoida”

Hamisha yorug‘lik ta’minlansin! Gul sizga yoqadigan joyda emas, balki o‘ziga yoqadigan joyda turishi kerak

Suvni tuproq qurishiga qarab, to‘yintirib sug‘oriladi. Tuvakdagi butun tuproq to‘liq namlanganiga ishonch hosil qiling. Bu holat ildiz o‘zaklari namlikni yetarlicha singib oladi va muammosiz o‘sishini ta’minlaydi

Har qanday hona guli ozuqaga muhtoj, lekin saviyali ozuqa esa uni yanada chiroyli rivojlanishiga zamin yaratadi. Gulning kelib chiqishi, qaysi oilaga mansubligi va tuproq tarkibining ishqoriy darajasiga qarab  ozuqa tanlanadi

Tuproq eng asosiy omil hisoblanadi. Imkon qadar sifatli, uqalanuvchan, unumdor tuproq tanlanadi. Ishlatilgan tuproqlar, ya’ni eski biror gulning tuprog‘i boshqa bir gulga ishlatilmaydi, sababi, bu tuproqda hech qanday unumdorlik qolmaydi

Tuvak!
Hech qachon kichik gullar juda katta tuvakka ekilmaydi
99 viewsedited  05:42
Ochish/sharhlash
2023-05-15 08:42:26
Filodendron Birkin

Bargini oqish chizig‘i hisobiga yorug‘likka juda muhtoj. Ertalabki quyosh va juda yorug‘ joy kerak. Quyosh nuri tanasi bilan tushishi, uni zich, sog‘lom va barg rangini tiniqligini ta’minlaydi. Yarim, soya-salqinda qolib ketmasin. Qish kunlari tikka quyosh tushadigan deraza tokchasi ayni muddao bo‘ladi.

Birkinga suvni me’yorda berish tavsiya etiladi, ya’ni ustki qismi to‘liq qurigach, iliq suv bilan sug‘oriladi. Uyqu davrida yoki hona salqin bo‘lsa, chanqatib sug‘orish zarur. Sprey mumkin!

Bahor-yoz-kuz oylarida azotli kimyoviy ozuqa va organikani 10-14 kunda bir berish kerak.
Barg kasalliklariga biroz moyilligi borligi uchun oyda bir marta vertimek va t-34 bilan sprey qilib turilsa, faqat yaxshilikka xizmat qiladi. Uch oyda bir esa fungidsiddan foydalanish kerak. Oyda bir marta esa temir moddasi (Xelat Jeleza) berib turilsa, xloroz, bargining ko‘rimsiz bo‘lishi kabi holatlarning oldi olingan bo‘ladi.

Tuprog‘i:
Torf 30%
Biogomus 30%
Perlit 10%
Qum 10%
Apilka yoki sholi 20%
97 viewsedited  05:42
Ochish/sharhlash
2023-05-15 08:42:26
Filodendron Brazil

Tarixi:
Filodendronning Golland sorti bo'lib, ma'lum muddat qarovsiz qolib ketgani uchun tashqi ko'rinishidagi "ko'rimsizlik" sabab, yaxshigina chegirma narxida bundan deyarli bir yil oldin xarid qilgandim. Keyin ustidan bir nechta qalamchalarni shoxladim va mana shu shoxchalarni asosi torf bo'lgan tuproqqa shunchaki ekib qo'ygan edim. Allohning marhamati bilan hammasi ildiz otib ketgan, qizig'i shu-ku, ortiqcha e'tibor talab qilmadi. Shaxsan men bilgan, eng beozor, eng antiqa ko'rinishga ega va o'sish tezligi masalasida yetakchi bo'lgan xona gullaridan biri bu Filodendron Brazil sorti ekan

Parvarishi:
Qishda deyarli tikka quyoshda o'sdi, bahor kelib, kunlar isishni boshlagach, biroz pana qildim. Suv me'yorda, sprey mumkin. Ochiq dushni "sevadi". Azotli va organik ozuqa ikki haftada bir. Qishda berilmaydi.
Tuprog'i: asosi torf bo'lgan universal tuproq
Drenaj qismida; keramzit, mix
98 viewsedited  05:42
Ochish/sharhlash
2023-05-15 08:40:17
98 views05:40
Ochish/sharhlash
2023-05-15 08:40:17
95 views05:40
Ochish/sharhlash