Get Mystery Box with random crypto!

Hona guli parvarishidagi “Oltin besh qoida” Hamisha yorug‘l | Гуллар дунёси 🌹🌹🌹🌹🌹🌹

Hona guli parvarishidagi “Oltin besh qoida”

Hamisha yorug‘lik ta’minlansin! Gul sizga yoqadigan joyda emas, balki o‘ziga yoqadigan joyda turishi kerak

Suvni tuproq qurishiga qarab, to‘yintirib sug‘oriladi. Tuvakdagi butun tuproq to‘liq namlanganiga ishonch hosil qiling. Bu holat ildiz o‘zaklari namlikni yetarlicha singib oladi va muammosiz o‘sishini ta’minlaydi

Har qanday hona guli ozuqaga muhtoj, lekin saviyali ozuqa esa uni yanada chiroyli rivojlanishiga zamin yaratadi. Gulning kelib chiqishi, qaysi oilaga mansubligi va tuproq tarkibining ishqoriy darajasiga qarab  ozuqa tanlanadi

Tuproq eng asosiy omil hisoblanadi. Imkon qadar sifatli, uqalanuvchan, unumdor tuproq tanlanadi. Ishlatilgan tuproqlar, ya’ni eski biror gulning tuprog‘i boshqa bir gulga ishlatilmaydi, sababi, bu tuproqda hech qanday unumdorlik qolmaydi

Tuvak!
Hech qachon kichik gullar juda katta tuvakka ekilmaydi