Get Mystery Box with random crypto!

Portfolio || Gulnoza Shodmonova

Telegram kanalining logotibi gshodmanova_portfolio — Portfolio || Gulnoza Shodmonova P
Telegram kanalining logotibi gshodmanova_portfolio — Portfolio || Gulnoza Shodmonova
Kanal manzili: @gshodmanova_portfolio
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32
Kanalning ta’rifi

Assalomu alaykum! Kopirayterlikka oid ishlar jamlangan moʻjazgina portfoliomga xush kelibsiz!
Barchamiz uchun manfaatli boʻladi degan umiddaman.
Murojaat uchun: @Gshodmanova08

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-01-06 21:01:04
Минг дардга даво – занжабил!

Танишайлик, келинг дилдан,
Дардингизни олай тандан.
Ихлос қилса, даво чўпдан,
Дардга шифо мен – занжабил.

Жигарингиз тозалайман,
Сафро кетар ўтингиздан.
Ҳазм ишин яхшилайман,
Минг бир шифо мен – занжабил.

Саратон ҳам мендан қўрқар,
Мускуллардан оғриқ кетар.
Озишда ҳам ёрдам қилар,
Бир тўтиё мен – занжабил.

Қуръонда ҳам номим келган,
Ибн Сино зикр қилган,
Т·SU дан ҳам ўрин олган,
Асли шифо мен – занжабил!

Сиз ҳам мана шундай фойдали таркибга эга Turkestan·SU табиий дамламасига буюртма беринг ва касалликларсиз соғлом ҳаёт кечиринг!

Мурожаат учун:+998900000000

T·SU – танангизнинг табиий қуввати!
10 viewsGulnoza Shodmonova, 18:01
Ochish/sharhlash
2023-01-03 13:14:13
Biznes uchun nega veb-sayt kerak?

Yetti yoshdan yetmish yoshgacha deyarli barcha internetda "oʻtirgan" hozirgi kunda veb-saytsiz biznes yuritish xuddi sahroda suvsiz qolishdek gap, bilsangiz.

"Yoʻgʻee, unchalik emas" deyishga shoshilmang. Sifatli va oʻz vaqtida yuritilgan veb-sahifa biznesingiz rivoji uchun Siz kutmagan imkoniyat eshiklarini ochadi. Mahsulot va xizmatlaringiz uchun dunyoning istalgan joyidan xaridor topish va koʻproq reklama qilish imkonini qoʻldan chiqarmang.

Asli tavakkalchilikka asoslangan tadbirkorlik uchun esa bu borada tavakkal qilsa arziydi, ishonavering!

Sizga ham zamon talabidagi veb-sayt yaratish xizmati zarur boʻlsa, eng toʻgʻri manzildasiz!
Murojaat uchun:
+998900000000
11 views10:14
Ochish/sharhlash
2022-12-31 21:13:19 Bugun 31-dekabr...

Har yili xuddi shu kunda ko'pchilikning dilida ajib bir hayajon, shirin entikish uyg'onishi tabiiy. Bugun shunchaki yil almashishi emas, hayot karvonida bir nafas to'xtab ortga nazar solish, erishilgan yutuqlar va qilingan xatolar, o'rni kelsa yo'qotishlar sarhisob qilinajak damlardir...

Tobora oxirlab borayotgan yilda kimdir oila qurdi, yana kimlardir eng aziz neʼmat — farzand baxtiga erishdi, koʻplar sevimli kasbiga ega boʻldi va hokazo... Aslida, tinimsiz shukr qilsak arzirli sabablarimiz juda koʻp, shunday emasmi?

Yoʻqotishlar, sinovlar... Ularning ham hayotimizda maʼlum oʻrni, bajarajak vazifasi bor, shubhasiz... Eng muhimi, ulardan toʻgʻri xulosa qilishimiz, hayot bizga anglatmoqchi boʻlganini vaqtida ilgʻay olsak bas.

Yil soʻngida ortga bir zum nazar solib, beixtiyor alhamdulilloh deyman. Nimaki yuz bergan boʻlsa, albatta bir xayr sababdir. Ha, boshqacha boʻlishi ham mumkin emas!

Menga neniki ravo koʻrsang, barchasi uchun rahmat, hayot! Yangi yil — yangi orzu, yangi marralar degani. Demak, sobit ishonch bilan yana olgʻa intilishda davom etmoq kerak!

Yangi orzu, yangi baxt sari olg'a, azizlarim...
51 views18:13
Ochish/sharhlash
2022-12-18 11:11:12
Kuchdan qolsa o‘yinchoq,
Beshr bor — muammo yo‘q!


Bolajoningizning quvvatsiz qolgan sevimli o‘yinchog‘i bizning batareykalar yordamida yana kuchga to‘ladi.

Ishonmaysizmi? Unda hoziroq sinab ko‘ring!

Buyurtma berish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilsangiz kifoya:
+998909000001

Beshr — tishlamasdan ishlating.
40 views08:11
Ochish/sharhlash
2022-11-30 13:36:17
Farzandingiz nimjonligidan xavotirdamisiz?

Oilangiz quvonchi bo‘lgan dilbandingiz tez-tez kasal bo‘lyaptimi? Doim ishtahasi sust va nimjonligi tashvishlanish uchun yetarli sababdir balki?

Bu borada sizga NUMA kids yordamga keladi! Mahsulotning vitamin va minerallarga boy tarkibi bolajoningiz organizmi sog‘lom va to‘g‘ri rivojlanishi uchun hissa qo‘shishiga ishonamiz!

Farzandingiz sog‘ligiga befarq bo‘lmang, hoziroq buyurtma bering:
+998977000001

NUMA kids — g‘amxo‘r onalar tanlovi!
63 viewsedited  10:36
Ochish/sharhlash
2022-11-28 19:03:06
Orzuyingizdagi uy egasiga aylanish endi oson!

Subsidiya olish imkoniga ega bo‘lgan mijozlarimiz uchun ajoyib yangilik!

Uch qavatli FAYZ turar-joy majmuasida 2 xonadan 5 xonagacha bo‘lgan xonadonlarni subsidiya asosida xarid qilish uchun qabul boshlandi. Siz ham imkoniyatni qo‘ldan chiqarmang va shinam turar-joy sohibi bo‘ling!

Shoshiling, xonadonlar soni cheklangan!

Batafsil ma’lumot uchun:
+998900000000

FAYZ — siz istagan shinamlik maskani!

----------------------------------------

Стать владельцем дома своей мечты теперь легко!

Отличные новости для наших субсидированных клиентов!

Начат прием на льготную покупку 2-х и 5-ти комнатных квартир в трехэтажном жилом комплексе FAYZ. Не упустите возможность и станьте обладателем уютной квартиры!

Спешите, количество квартир ограничено!

FAYZ — место уюта, которое вы хотите!
58 viewsedited  16:03
Ochish/sharhlash
2022-11-27 05:41:05
Sevimli mashg‘ulotingiz — qo‘shimcha daromad manbayi!

Kompyuter qarshisida o‘tirish jon-u dilingizmi? Balki bu sevimli mashg‘ulotingiz sizga daromad keltirar?

Qanday qilib deysizmi? Juda oddiy! Maximum edu o‘quv markazining onlayn dasturlash kurslarida ro‘yxatdan o‘ting va orzuyingizdagi serdaromad kasb egasiga aylaning.

Murojaat uchun:
+998900000000
58 views02:41
Ochish/sharhlash
2022-11-14 15:56:19
Mazali tushlik ta’mini his qilyapsizmi?

Ali Donerning mashhur kaboblari sara pomidor-u barra bodring ila uyg‘unlashgan anorli sous bilan yanada mazali!

Ishonmaysizmi? U holda biz sizni tushlikda kutamiz!

Izohlarda +++ qoldiring va biz sizga lokatsiya yuboramiz.

Ali Doner — ta’m va sifat tutashgan maskan!

-------------------------------------------

Вы чувствуете вкус аппетитного обеда?

Знаменитые донары от Аli Doner ещё вкуснее с гранатовым соусом в сочетании с помидорами и свежими огурцами!

Не верите? Тогда ждем вас в обед!

Оставьте +++ в комментариях и мы вышлем вам локацию.

Ali Doner — это место, где встречаются вкус и качество!
80 views12:56
Ochish/sharhlash
2022-11-02 13:00:08
Gijjalarga qarshi birga kurashamiz!

Gelmintlar yuqumli ekanligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, maktab yoki bog‘cha yoshidagi bolajonlar bu parazitlarni oson yuqtirib olishadi. Ota-onalar uchun esa farzandlar sog‘ligi hamisha muhim.

Tabiiy va 100% halol Degelmints siroplari farzandingiz sog‘ligiga ziyon yetkazmagan holda organizmni turli parazitlardan tozalaydi. Sun’iy bo‘yoq va aromatizatorlardan xoli tarkibi esa mahsulot sifati kafolatidir.

Gijjalar muammosidan oson qutulay desangiz, hoziroq quyidagi raqamlar orqali buyurtma qiling:
+998977000000

Degelmints — parazitlarsiz sog‘lom hayot kechiring.
112 views10:00
Ochish/sharhlash
2022-10-25 05:32:18
Ishbilarmon tadbirkorlar uchun Uzstepdan ajoyib yangilik!

Kundalik hayotimizda plastik va plyonka mahsulotlariga ehtiyoj tobora ortayotgani soha tadbirkorlari uchun ham ayni muddao, shunday emasmi?

Siz ham ular qatorida bo‘lsangiz, Uzstep xizmatingizga tayyor! Kompaniyamiz tomonidan keltirilgan plyonka ishlab chiqarish uskunasini ishonchli, tezkor va, albatta, bepul servis xizmatlari bilan xarid qiling.

Batafsil ma’lumot uchun:
+998900000004

Biznesingizni Uzstep bilan kengaytiring!
117 views02:32
Ochish/sharhlash